Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

UzIMEI tizimi joriy qilinishiga nima sabab boʻldi

© pixabayMobilnыy telefon
Mobilnыy telefon - Sputnik Oʻzbekiston
Endilikda Oʻzbekiston hududida mobil qurilmalar chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi importerlar ularni roʻyxatdan oʻtkazish uchun javobgar boʻladi.
TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” DUK direktori vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Shokirov UzIMEI tizimi joriy qilinishi sabablarini sanab oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Shokirovning soʻzlariga koʻra, 2019 yil noyabrigacha aksariyat smartfonlar va boshqa turdagi mobil qurilmalar mamlakatda noqonuniy olib kirilgan. Boshqacha qilib aytganda, bu biznes yashirin iqtisodiyot yoʻnalishlaridan biri hisoblangan.
“Oʻzbekistonda 2019 yil noyabriga qadar mobil qurilmalar kontrabandasi gullab-yashnagan. U olib kirilayotgan mahsulotlar umumiy hajmining 87 foiziga yetgan. Uyali aloqa kompaniyalari har yili millionlab yangi abonentlar haqida hisobot berardi, biroq respublika chegarasini rasmiy ravishda 50-60 ming dona telefon kesib oʻtardi. Aholi foydalayotgan qurilmalarning sifati, texnik kafolati va xavfsizligi masalalari haqida koʻpchilik qaygʻurmasdi. Bu masalalarga eʼtibor qaratish davr talabidir. Va bu UzIMEI tizimini yaratishning asosiy zaminlaridan biri boʻldi”, - dedi Shokirov.
Shokirov maʼlumotlariga qaraganda, UzIMEI tizimi joriy qilinishi bilan uch chorak mobaynida bir milliondan ortiq devays deklaratsiya qilingan.
“Shu bilan birga, biz erishgan yutuqlarimizda toʻxtab qolmoqchi emasmiz, har qanday innovatsion yechim kabi UzIMEI tizimi foydalanuvchilar foydasiga uzluksiz takomillashishi zarurligini yaxshi anglaymiz”, - dedi u.
Hukumat 2020 yil 31 dekabrdagi 828-sonli qarori bilan Oʻzbekistonda foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.
Prezentatsiya novыx smartfonov Nokia i i obnovlennoy Nokia 3310 v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda IMEI kodsiz telefonlardan foydalanish taʼqiqlanadi
Endilikda Oʻzbekiston hududida mobil qurilmalar chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar mobil qurilmalarni respublika hududiga olib kirish sanasidan qatʼiy nazar, ularni roʻyxatdan oʻtkazish uchun javobgar boʻladilar.
Agar mobil qurilmaning bir slotiga tegishli IMEI-kodi 2019 yil 1 noyabrgacha avtomatik roʻyxatdan oʻtgan va bazaga kiritilgan boʻlsa, uning boshqa slotidagi IMEI-kodi qurilma egasi tomonidan quyidagi harakatlar bajarilganidan soʻng tizim operatori tomonidan 3 ish soati mobaynida bepul amalga oshiriladi.
- mobil qurilma egasining tizim operatori yoki tizim roʻyxatga oluvchisiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan shaxsan murojaat qilishi;
- IMEI kodining ushbu mobil qurilmaga haqiqiy ekanligini tasdiqlash (mobil qurilma klaviaturasida *#06# kodini yozib olingan IMEI kodining ekran tasvirini taqdim etish);
- anketa taqdim etish.
Agar 2019 yil 1 noyabrdan keyin arizaga asosan roʻyxatga olingan boʻlsa, jarayon 3 soat ish vaqtida toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Chet el fuqarosi tomonidan mobil qurilmalar IMEI-kodlarini tizim operatori yoki tizim roʻyxatga oluvchisiga shaxsan murojaat qilish yoʻli bilan roʻyxatga olinadi.
Bojxona chegarasidan tovarlarni bojsiz olib kirish normalariga rioya qilinmagan holda olib kirilgan mobil qurilmalar, ular uchun import qiluvchi sifatida bojxona toʻlovlari toʻlangandan soʻng IMEI-kodlari roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala