Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Oʻgʻirlangan shaxsiy maʼlumotlar va UzIMEI-kod muammosi: uyushgan jinoiy guruh qoʻlga olingan

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik pravooxranitelnыx organov
Sotrudnik pravooxranitelnыx organov - Sputnik Oʻzbekiston
IIV masuʼl xodimi Baxtiyor Sulaymanovning aniqlik kiritishicha, shu paytga qadar oʻzgalarning pasport maʼlumotlariga IMEI-kodni rasmiylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan 7 mingga yaqin  huquqbuzarliklar aniqlangan. Bu ish yirik uyushgan jinoiy guruh tomonidan amalga oshirilgan
TOSHKENT, 4 yanv - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. "Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi" DUK direktori vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Shokirov UzIMEI tizimidagi firibgarlik bilan bogʻliq holatlarga oʻz munosabatini bildirdi. U pasportiga kidir UzIMEI-kod ovolgan fuqarolar ushbu kodni oʻzlariga qaytib olish uchun qanday yoʻl tutishlari kerakligini tushuntirdi, deya xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Mobilnыy telefon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
UzIMEI tizimi joriy qilinishiga nima sabab boʻldi
Shokirovning aytishicha, pandemiya vaqtida xorijdan qaytgan fuqarolar, ayniqsa, bunday holatlarga juda koʻp duch keldilar.
"Fuqarolarimizning aksariyati xorijdan qaytganlarida oʻzlari bilan olib kelgan mobil qurilmani IMEI-kodini roʻyxatdan oʻtkazmoqchi boʻlsa, "pasportingizga IMEI-kod roʻyxatga olinib boʻlingan degan xabar olishgan. Bunday holatda amaldagi tartib boʻyicha ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat etilishi lozim. "Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida qonun"ga muvofiq. Deylik, yashash joy manzili boʻyicha ichki ishlar boʻlinmasiga. Oʻz navbatida, IIV pasportdan kim foydalanganligi boʻyicha bizdan maʼlumot soʻraydi, biz ushbu imey-kod boʻyicha qanday mobil qurilmasi roʻyxatga olingani borasida ularga maʼlumot beramiz", - deya tushuntirdi Shokirov.
Ruki s mobilnыmi telefonami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda IMEI-kodlarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi oʻzgardi
"Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi" DUK direktori vazifasini bajaruvchisi soʻzlariga koʻra, oʻgʻirlangan pasport maʼlumotlaridan kim foydalanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot IIVga bir soat vaqt ichida uzatilishi mumkin.
IIV chora koʻrgan taqdirda, pasport maʼlumotlari oʻgʻirlangan fuqaro Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi oʻz mobil qurilmasi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganida, IMEI-kod uning nomiga roʻyxatdan oʻtkazib beriladi.
Shokirov, shuningdek, Hukumatining 2020 yil 31 dekabrdagi qarori bilan Oʻzbekistonda foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganini alohida qayd etdi.
Yangi nizom boʻyicha IMEI-kod boshqa fuqaroning pasport maʼlumotlariga noqonuniy roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, telefon oʻchiriladi. Imey-kod uchun toʻlangan pullar ham qaytarib berilmaydi.
Prezentatsiya novыx smartfonov Nokia i i obnovlennoy Nokia 3310 v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda IMEI kodsiz telefonlardan foydalanish taʼqiqlanadi
IIV masuʼl xodimi Baxtiyor Sulaymanovning aniqlik kiritishicha, shu paytga qadar oʻzgalarning pasport maʼlumotlariga IMEI-kodni rasmiylashtirish bilan bogʻliq 7 mingga yaqin  huquqbuzarliklar aniqlangan (bunda faqat Ichki ishlar organlariga murojaat qilgan fuqarolar arizasi inobatga olingan) va ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda. Shu holat boʻyicha uyushgan guruh jinoiy javobgarlikka tortilgan, ular orasida farroshdan tortib, tadbirkorlargacha va mansabdor shaxslargacha bor.
Uyushgan guruh orasida pandemiya vaqtida xorijdan qaytarilgan shaxslar maʼlumotlarini karantin zonasida pullagan jinoyatchilar bor, deya aniqlik kiritdi Sulaymonov.
Hozirda tergov jarayoni olib borilayetgani uchun, aybsizlik prezumptsiyasiga koʻra tergov jarayoni tuguganidan keyin batafsil maʼlumot beriladi, deya aniqlik kiritdi IIV xodimi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala