Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi amaldagi toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻzgarishsiz saqlab qolinishini maʼlum qildi. 04.01.2021, Sputnik Oʻzbekiston
TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda talabalarning toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻzgarmaydi. Bu haqda AOKAda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida oʻtayotgan brifingda maʼlum qilindi.2021 yil 1 fevraldan boshlab respublikamizda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.Pandemiya sharoitida respublika aholisining toʻlov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy oʻquv yilidagi amaldagi toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻzgarishsiz saqlab qolinadi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi amaldagi toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻzgarishsiz saqlab qolinishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda talabalarning toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻzgarmaydi. Bu haqda AOKAda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida oʻtayotgan brifingda maʼlum qilindi.
2021 yil 1 fevraldan boshlab respublikamizda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.
Pandemiya sharoitida respublika aholisining toʻlov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy oʻquv yilidagi amaldagi toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻzgarishsiz saqlab qolinadi.