Milliy palata laproskopiya bo‘yicha onlayn seminar o‘tkazdi

Obuna bo‘lish
Laproskopiya yordamida buguni kunda appenditsit, grija va qator urologik operatsiyalar kam jarohatli uslubda amalga oshirilishi mumkin.
TOShKENT, 5 yanv - Sputnik. Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi 500 nafardan ziyod shifokorlar uchun laparoskopiya jarrohligi bo‘yicha onlayn seminar tashkil qildi. Cyeminarda Andijon viloyatidan 120 nafar Qashqadaryo viloyatidan 100 nafar ishtirokchi qatnashdi. 
Laproskopiya - an’anaviy jarrohlik operatsiyasiga nisbatan inson tanasi kam shikast yetkazuvchi operatsiya turi hisoblanadi. Odatda laproskopiya uchun 0,5 - 1,5 santimetrli kovak yetarli bo‘ladi, lekin jarrohdan maxsus ko‘nikmalarga ega bo‘lish hamda laproskopiya uchun kerakli uskunalarga ega bo‘lish talab etiladi. 
Amaliy vebinar davomida laparoskopiya jarrohligi imkoniyatlari appenditsitlarda, grijada, urologik va boshqa ko‘rsatmalar bo‘yicha o‘tkazildi. Vebinarda Turkiya tibbiyot mutaxassislari o‘zlarining tajribalarini taqdim etdi.
Amaliy vebinarni tashkil etishda Islom taraqqiyot banki ko‘magida Turkiya tomonidan TIKA agentligi, Istanbul Tibbiyot universiteti, Yevroosiyo sog‘liqni saqlash va ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot markazi vakillari ishtirok etdilar.
Xalqaro treningda O‘zbekiston shifokorlaridan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon vakillari ham ishtirok etdilar. Jami, 1 ming 300 nafar sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari bilimlarini oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda son jihatidan O‘zbekiston peshqadamlik qildi.
Yangiliklar lentasi
0