Jamiyat

Namanganda 2 kishi Qirgʻizistondan olib kelingan aroqdan vafot etdi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Fotobankka oʻtishUnichtojeniye kontrafaktnogo alkogolya
Unichtojeniye kontrafaktnogo alkogolya - Sputnik Oʻzbekiston
Namanganda Qirgʻizistondan olib kelingan qalbaki aroqdan 12 kishi zahardandi, ulardan 2 nafari vafot etdi. Prokuratura jinoyat ishi qoʻzgʻadi.
TOSHKENT, 5 yanv - Sptnik. Namanganda 2 kishi Qirgʻizistondan olib kelingan qalbaki aroqdan vafot etdi, deb xabar qilmoqda  Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Xayot Shamsutdinov.
2020 yil 29-31 dekabr kunlari Namangan viloyatining Toʻraqurgʻon tumanida 12 nafar fuqaro Qirgʻiziston Respublikasi aktsiz markasi yopishtirilgan “Gradusnik” nomli spirtli ichimlik isteʼmol qilganliklari oqibatida shifoxonaga oʻtkir zaxarlanish tashxisi bilan yotqizilgan, - deyilgan xabarda.  
Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 2 nafari vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Toʻraqurgʻon tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala