O‘zbekistonda Qor Bobo veteranlarga ham sovg‘a ulashdi

Obuna bo‘lish
Tadbirda “G‘alabaning 75-yilligi” xalqaro jamoasi, "Rossotrdnichestvo"ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda "Tvori Dobro" yoshlar ko‘ngilli jamoalari ishtirok etmoqda. 
O‘zbekistonda bayram kunlarida bir guruh aktivistlar Qor bobo kiyimida Urush veteralarini, mehnat qahramonlari va Urush bolalarini Yangi yil bilan tabriklab, ularga sovg‘alar ulashishmoqda.
“Bizda hozircha veteranlarga shaxsan rahmat aytish imkoniyati bor. Biz bundan chetda qolmasligimiz kerak. Biz o‘z qahramonlarimizga nafaqat yangi yil sovg‘asi ulashish, balkim real yordam ko‘rsatishga harakat qildik” – deydi “G‘alabaning 75-yilligi” xalqaro jamoasi koordinatori Sergey Yejkov.
O‘zbekistonda ushbu tadbir ikkinchi marotaba bo‘lib o‘tmoqda. Unda istalgan ko‘ngilli kishi ishtirok etishi mumkin. Undan maqsad veteranlarga nafaqat 9-may kuni, balkim butun yil davomida yordam ko‘rsatishdir.
“Yangi yilingiz bilan, veteran!” bayram aksiyasi 7-yanvarga qadar davom etadi. Tadbirda “G‘alabaning 75-yilligi” xalqaro jamoasi, "Rossotrdnichestvo"ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda "Tvori Dobro" yoshlar ko‘ngilli jamoalari ishtirok etmoqda. 
Veteranlarga sovg‘a topshirish tadbiri barcha sanitariya normalariga amal qilgan holda bo‘lib o‘tmoqda. Keksalar ham Qor Bobo kelishiga yosh boladek xursand bo‘lishmoqda. Batafsil Sputnik videosida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0