YEOII 2021 yilda neft mahsulotlari yagona bozorini shakllantirishga kirishadi
YEOII 2021 yilda neft mahsulotlari yagona bozorini shakllantirishga kirishadi
YEOII shartnomasi oʻz oldiga qoʻygan maqsadlardan biri bu - elektr energiyasi, neft va gaz boʻyicha umumiy energetika bozorlarini shakllantirish va uni energetika... 06.01.2021, Sputnik Oʻzbekiston
TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik. YEOII davlatlari 2021 yilda neft va neft mahsulotlari umumiy bozorini shakllantirish loyihasini yakunlashga bel bogʻlashgan, dedi Belarus bosh vaziri oʻrinbosari Igor Petrishenko.Bosh vazir oʻrinbosariing soʻzlariga koʻra, YEOII shartnomasi uch yoʻnalish: elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda neft va neft mahsulotlari boʻyicha umumiy energetika bozorlarini shakllantirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Bunday yondashuv Ittifoqda energetika xavfsizligini taʼminlash, umumiy yondashuvlar asosida hamkorlik qilish va birgalikda qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. "Masalan 2020 yilda Belarus, Armaniston va Qirgʻiziston YEOIIning umumiy elektr energetika bozori toʻgʻrisidagi shartnomasini ratifikatsiya qilishdi. Rossiya va Qozogʻiston ham ushbu yoʻnalishda borishmoqda va ayni damda ichki protseduralarni yakunlashmoqda", — dedi vitse-premyer.YEOII 2015 yilda tashkil qilingan xalqaro integratsion iqtisodiy uyushma boʻlib, ayni damda uning aʼzolari Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻizistondir. Oʻzbekiston, Moldova va Kuba hozircha unga kuzatuvchi maqomida aʼzo boʻlishgan.
YEOII shartnomasi oʻz oldiga qoʻygan maqsadlardan biri bu - elektr energiyasi, neft va gaz boʻyicha umumiy energetika bozorlarini shakllantirish va uni energetika xavfsizligi nuqtai nazaridan nazorat qilishdir.
TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik. YEOII davlatlari 2021 yilda neft va neft mahsulotlari umumiy bozorini shakllantirish loyihasini yakunlashga bel bogʻlashgan, dedi Belarus bosh vaziri oʻrinbosari Igor Petrishenko.
"YEOII davlatlarida neft va neft mahsulotlarining yagona bozorini shakllantirish hamda neft va neft mahsulotlarini transport qilish tizimida yagona qoidalar oʻrnatish loyihalarini muhokama qilish davom etmoqda. Ikkala hujjat ham 2021 yilda tayyor boʻladi", — dedi Petrishenko "Respublika" gazetasiga bergan intervyusida.
Bosh vazir oʻrinbosariing soʻzlariga koʻra, YEOII shartnomasi uch yoʻnalish: elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda neft va neft mahsulotlari boʻyicha umumiy energetika bozorlarini shakllantirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Bunday yondashuv Ittifoqda energetika xavfsizligini taʼminlash, umumiy yondashuvlar asosida hamkorlik qilish va birgalikda qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi.
"Masalan 2020 yilda Belarus, Armaniston va Qirgʻiziston YEOIIning umumiy elektr energetika bozori toʻgʻrisidagi shartnomasini ratifikatsiya qilishdi. Rossiya va Qozogʻiston ham ushbu yoʻnalishda borishmoqda va ayni damda ichki protseduralarni yakunlashmoqda", — dedi vitse-premyer.
YEOII 2015 yilda tashkil qilingan xalqaro integratsion iqtisodiy uyushma boʻlib, ayni damda uning aʼzolari Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻizistondir. Oʻzbekiston, Moldova va Kuba hozircha unga kuzatuvchi maqomida aʼzo boʻlishgan.