Jamiyat

Senat Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgarishlarni maʼqulladi

© SenatSobraniye Senata 6 yanvarya
Sobraniye Senata 6 yanvarya - Sputnik Oʻzbekiston
Senati yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunni maʼqulladi. 
TOSHKENT, 6 yanv - Sputnik. Oliy Majlis Senati “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqulladi
Yangi qonun birinchi navbatda Oʻzbekiston sud tizimida tashkiliy oʻzgarishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasiga oʻzgartishlar kiritiladi. Ushbu oʻzgartirishlar natijasida Oʻzbekiston sud tizimida joriy yil yanvar oyidan boshlab hududda umumyurisdiktsiya sudlari tashkil etiladi. Xususan:
  • viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari boʻyicha, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatʼiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari boʻyicha alohida sudlov hayʼatlarini tashkil etgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiktsiya sudlarini tashkil etish;
  • maʼmuriy tartib taomillar va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni koʻrishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo maʼmuriy sudlarini tashkil etish, shu munosabat bilan tuman (shahar) maʼmuriy sudlarini tugatish. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari saqlab qolinishi nazarda tutilgan.
Undan tashqari Konstitutsiyada "qonun hujjatlari" atamasi "qonunchilik" deb oʻzgartiriladi.
Mazkur Qonunning hayotga tatbiq etilishi sud tizimini boshqarish masalalarini takomillashtirilishi, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarni tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga erishish bilan bir qatorda, eng avvalo, fuqarolarning sudma-sud sarson boʻlib yurishiga barham berib, ularning muammosining bir joyda hal qilinishi imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala