Qashqadaryoda gaz portlashi oqibatida 2 kishi qurbon bo‘ldi

© MChS UzbekistanaSotrudnik MChS
Sotrudnik MChS  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarshi shahridagi uylardan birida gaz portlashi tufayli uy devorlari vayron bo‘lgan va oqibatida ikki kishi qurbon bo‘lgan.
TOShKENT, 6 yanv - Sputnik. Bugun tong soat 08:10 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Otchopar” MFYda joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda FVV matbuot xizmati. 
Chaqnash oqibatida kuchli portlash sodir bo‘lgan va uyning devorlari qulagan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Vayron bo‘lgan uy ichidan ikki nafar fuqaro jasadi olib chiqilgan.
Shuningdek, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va Prokuratura xodimlari yetib kelib mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borishmoqda, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0