Hodisalar

Talimarjon IES: 2ta bugʻ-gaz qurilmasida toʻxtash yuzaga keldi

© Ministerstvo energetiki UzbekistanaTalimardjanskaya TES
Talimardjanskaya TES - Sputnik Oʻzbekiston
Talimarjon IESning 2- va 3- bugʻ-gaz qurilmalarida (jami 900 MVt quvvat) energoblok texnologik himoyasining ishlashi natijasida ushbu BGQlari faoliyati toʻxtatilgan.
TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. Talimarjon IESning 2 ta bugʻ-gaz qurilmalarida toʻxtatilish yuzaga keldi.
Bugun 8 yanvar kuni soat 10:27da va 10:31da Talimarjon IESning 2- va 3- bugʻ-gaz qurilmalarida (jami 900 MVt quvvat) energoblok texnologik himoyasining ishlashi natijasida ushbu BGQlari faoliyati toʻxtatilgan.
Buning natijasida, respublikaning ayrim hududlari boʻylab elektr energiyasi taʼminotida umumiy 446 MVt quvvatda cheklov kiritilmoqda.
Energetika vaziri Alisher Sultanov boshchiligidagi mutaxassislar zudlik bilan mazkur stantsiyaga uchib ketdi.
Hozirgi vaqtda yuzaga kelgan toʻxtatilish sabablari aniqlanmoqda.  
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala