Dunyoda

Ekspert 2021 yil qaysi davlatlarda urush yuz berishi mumkinligi haqida: Oʻzbekiston roʻyxatda

© Sputnik / Maksim BlinovTanki T-72 vo vremya komandno-shtabnыx ucheniy "Kavkaz-2020" na poligone "Rayevskiy" v Novorossiyske
Tanki T-72 vo vremya komandno-shtabnыx ucheniy Kavkaz-2020 na poligone Rayevskiy v Novorossiyske - Sputnik Oʻzbekiston
Harbiy ekspert fikriga koʻra, 2021 yilda zoʻravonlik toʻlqini faqat oʻsib boradi va uning oqibatlarini hozircha prognoz qilib boʻlmayapti
TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiyalik ekspert "MK" nashriga bergan intervyusida 2021 yilda qurollangan mojaro boshlanishi ehtimoli boʻlgan qator davlatlar nomlarini sanab oʻtgan. Sputnik Tojikiston xabari asosida.
Artilleristы armii Uzbekistana prodemonstrirovali novыe sposobы vedeniya ognya - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbek armiyasi bir yilda qanchalik kuchaydi
Harbiy ekspert Aleksey Valyujevich fikricha, joriy yil turli qurollangan va diniy mojarolar, koronavirus tarqalishi bilan esda qolgan 2020 yildagi "yutuqlarni" ortda qoldirishi mumkin.
Mutaxassis fikricha, 2021 yilda zoʻravonlik toʻlqini faqat oʻsib boradi va uning oqibatlarini hozircha prognoz qilib boʻlmayapti.
Valyujevich eng "qaynoq" nuqtalarning biri sifatida Afgʻonistonni keltirib oʻtgan - 2021-yilda bu mamlakatdan AQSH va NATO koalitsiya qoʻshinlarining kattagina qismi olib chiqib ketilishi kutilmoqda.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbekiston va Tojikistondan yuzlab terrorchi “Tolibon”* safiga qoʻshildi – afgʻon OAV
Ekspert fikricha, amerika harbiy kontingentining qisqartirilishi RF va boshqa mamlakatlarda taʼqiqlangan "Tolibon" radikal harakati taʼsiri oʻsishiga olib kelishi muqarrar. "Afgʻon mojarosining yangi abadiy kalavasini koʻrish mumkin bunda", deya taʼkidlagan u.
Bu holat, ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xavflidir. Urush bevosita Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston chegaralariga yaqinlashmoqda.
Ekspert, shuningdek, Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasi Afgʻoniston bilan chegara yaqinida joylashganini eslatib oʻtdi.
Amerikanskiy voyennыy v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻonistondagi amerika bazasiga toʻrtta raketa bilan zarba berildi - OAV
Tojikiston va Afgʻonistonning umumiy chegara uzunligi 1300 kmni tashkil etadi. Soʻnggi vaqtlarda Tojikiston va Afgʻoniston chegara qismlariga yaqin hududlarda har hafta teraktlar, harbiy xizmatchilarning jangarilar, xususan, "Tolibon" vakillari bilan toʻqnashuvlari roʻy bermoqda, deya eslatgan nashr.
Shu bilan birga, ekspert, ziddiy uchburchakka kiruvchi davlatlar sifatida Hindiston-Xitoy-Pokistonni sanab oʻtgan.
Ushbu uch davlat daʼvogarlik qilayotgan Himolay shimoliy hududlari uchun olib borilayotgan eski mojaro jiddiy toʻqnashuvlarga olib kelishi mumkin. Pokiston va hindiston oʻrtasida Hindistondagi Kashmir va Jammu shtatlari, Pokistondagi Xayber-Paxtunxva hududi uchun jiddiy toʻqnashuvlar yuz bermoqda. Sababi, bu hududlar Indostan yarimoroliga olib boruvchi asosiy oʻtish yoʻlagi sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala