Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Markaziy Osiyodagi eng yirik loyiha: Uzbekistan GTL zavodi qurilishi yakunlanmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStroitelstvo zavoda GTL
Stroitelstvo zavoda GTL - Sputnik Oʻzbekiston
UzGTL oʻz miqyosiga koʻra, nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun mintaqadagi eng yirik investitsiya loyihalaridan biri hisoblanadi.
TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. UZBEKISTAN GTL zavodi qurilishining yakuniy bosqichi davom etmoqda, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot-xizmati.
Uzbekneftegaz realizuyet krupnыy investitsionnыy proyekt Uzbekistan GTL - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Nasriddinov: Uzbekistan GTL qishloq xoʻjaligi va aviatsiya taraqqiyotiga xizmat qiladi
Markaziy Osiyodagi eng yirik loyihalardan biri – Uzbekistan GTL zavodining qurilishi yakuniy bosqichga kirdi. Shu munosabat bilan zavoddagi ishlarning koʻlami tugallandi, ushbu ishlarning bajarilishi uchun oʻz vaqtida ishchi-xodimlarning katta qismi jalb qilingan edi.
Xorijiy va Oʻzbekiston fuqarolari orasidan vaqtinchalik mehnat shartnomalari asosida ishlarning ayrim turlarini bosqichma-bosqich bajargan xodimlar, koʻzda tutilgan faoliyat tugagandan soʻng, Uzbekistan GTL zavodi qurilishida ishni yakunlaydilar.
Shu bilan birga, ushbu inshootda xodimlarning malakasi va tajribasini hisobga olgan holda, qurilish pudratchisi ENTER Engineering turli vaqtlarda jalb qilingan barcha xodimlarning maʼlumotlar bazasiga ega boʻlib, ularni yangi obʼyektlarda ishlashga taklif qilishi mumkin.
Stroitelstvo zavoda GTL - Sputnik Oʻzbekiston
Qashqadaryodagi GTL zavodidagi ommaviy tartibsizliklar yuzasidan jinoiy ish ochildi
Maʼlumot uchun, Qashqadaryo viloyatida Uzbekistan GTL sintetik suyuq yoqilgʻisini ishlab chiqarish zavodi qurilishi 2017 yilda boshlangan edi.
UzGTL oʻz miqyosiga koʻra nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun mintaqadagi eng yirik investitsiya loyihalaridan biri hisoblanadi. Loyiha mamlakatning tabiiy gazni chuqur qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish, uglevodorodlar importini keskin kamaytirishga qaratilgan.
Loyiha doirasida yiliga qariyb 1 mlrd. dollarlik neft mahsulotlari importi oʻrnini bosishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala