Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Pandemiya davridagi turizm: Abduhakimov 2021 yil boʻyicha rejalarni maʼlum qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishVid na gorod Samarkand
Vid na gorod Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼkidlanishicha, 2021 yilda barcha ishlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yoʻnalish boʻyicha batafsil hisob-kitob asosida amalga oshiriladi. Xususan, ziyorat turizmiga koʻproq eʼtibor qaratiladi.
TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonga 2021 yilda 1 mln 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini taʼminlash boʻyicha reja qilingan, deya maʼlum qilgan AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov.
Generalnыy direktor turoperatora Delfin Sergey Romashkin - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Romashkin: turizm biznesi 2023 yildan oldin jonlanmaydi
Abduhakimovning aytishicha, oʻtgan 2020 yilda mamlakatga 1 mln 504 ming turist kelgan va ularga 261 mln dollarlik xizmat koʻrsatilgan.
"Koronavirus pandemiyasi tufayli yuz bergan global inqiroz natijasida mamlakatimiz turizmi eng jiddiy zarar koʻrgan sohalardan biri boʻldi. 2020 yilda jami 1 mln 504 ming turist tashrif buyurdi. Bunda 261 million AQSH dollari miqdorida turizm xizmatini koʻrsatdik", - degan Aziz Abduhakimov.
Taʼkidlanishicha, 2021 yilda barcha ishlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yoʻnalish boʻyicha batafsil hisob-kitob asosida amalga oshiriladi. Xususan, ziyorat turizmiga koʻproq eʼtibor qaratiladi.
2021 yilda Oʻzbekistonga 1 mln 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini taʼminlash boʻyicha reja qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala