Toshkent shahrida 31 yashar ayolning jasadi aniqlandi

© Sputnik / StringerOkazanie pervoy pomoshi
Okazanie pervoy pomoshi  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dekabr oyining oxirlarida Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi uylarning birida tan jarohatlari bilan noma’lum ayolning murdasi topilgan.
TOShKENT, 9 yanv - Sputnik. 2020-yilning 23-dekabr kuni Yashnobod tumanidagi uylarning birida tan jarohatlari bilan noma’lum ayolning murdasi topilgan. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar bermoqda.
V chemodane bil obnarujen trup - Sputnik O‘zbekiston
“Chemodan ichida murda”: 2 kishi qo‘lga olindi
 
Xabarga ko‘ra,  Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida murdaning shaxsi aniqlanib, u 31 yoshli Darya K. ekanligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, 22-dekabr kuni Darya tanishlari Aleksandr K. va Vladimir A. bilan Aleksandr K.ga tegishli Sultonali Mashhadiy ko‘chasida joylashgan uylardan birida tibbiyot spirtini iste’mol qilishgan. So‘ngra Darya mast holatda bo‘la turib, Vladimir A.ga karate usullarini ko‘rsatishni boshlagan.
Shu vaqtda u Vladimir A.ga bexosdan jarohat yetkazgan. Vladimir A. bundan jahli chiqib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan ikki marotaba ayolning ko‘krak qismiga jarohat yetkazgan. Natijada ayol tan jarohatlari bilan xonadondan chiqib ketgan va yuqorida ko‘rsatilgan joyda xushini yo‘qotib, vafot etgan.
Devushka - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda “karatechi” qiz ikki erkakni do‘pposladi
Holat yuzasidan Toshkent shahar Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Vladimir A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida hodisa sodir bo‘lgan joydan oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda Vladimir A. jinoyat ishiga ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tariqasidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0