Siyosat

Putin, Pashinyan va Aliyev uch tomonlama muzokaralar oʻtkazishadi - Kreml

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Sankt-Peterburg
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Sankt-Peterburg - Sputnik Oʻzbekiston
Armaniston, Rossiya va Ozarbayjon rahbarlari oʻrtasida uch tomonlama muzokaralar Vladimir Putin tashabbusi bilan boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev oʻrtasida uch tomonlama muzokaralar 11 yanvar kuni boʻlib oʻtadi. Bu haqda Kreml matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Nagornыy Karabax: Rossiyskiye mirotvortsы prodoljayut razminirovaniye Stepanakerta - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rossiya sapyorlari Togʻli Qorabogʻ poytaxtini minalardan qanday tozalamoqda - video
"Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan 2021 yil 11 yanvar kuni Moskvada RF prezidenti, Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Respublikasi bosh vaziri Nikol Pashinyan oʻrtasida uch tomonlama muzokaralar boʻlib oʻtadi", deyiladi xabarda.
Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari - Vladimir Putin, Nikol Pashinyan va Ilhom Aliyev Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot qabul qildilar.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti tomonidan eshittirilgan bayonotga koʻra, 10-noyabrdan Togʻli Qorabogʻda toʻliq oʻt ochish toʻxtatildi. Armaniston tomoni bir qator hududlarni oʻtib berishga rozi boʻldi.
Oʻt ochish va harbiy harakatlar toʻxtatilganini nazorat qilish uchun Togʻli-Qorabogʻ zonasida Rossiya Federatsiyasining tinchlikparvar kontingenti joylashtirilgan: bu 1960 nafar harbiy xizmatchilar, 90 ta bronetransportyorlar, 380 ta avtomobil va maxsus texnikadir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala