"Ha, men batkaman". Lukashenko xalq tomonidan berilgan laqabga ko‘nikkanini tan oldi

Obuna bo‘lish
Belarus yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, uning ish kunining boshi va oxiri yo‘q, o‘ta ish ko‘payib ketgan kunlarda esa, sutkalab ishlashga to‘g‘ri keladi. Lukashenko yoshlikdan tong sahar turishga odatlanganini aytdi.
TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zini orqavarotdan "batka" deb chaqirishlariga allaqachon ko‘nikkanligini tan oldi, u prezident rolini g‘ildirak ichidagi olmaxonga qiyosladi.
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Belorussii A. Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Lukashenkoni prezident sifatida tan olmadi, Turkmaniston esa tabrik yo‘lladi
"Nima, ha, men o‘sha batkaman. Yoqadimi, yoqmaydimi, batkaman. Men bunga ko‘nikdim", – dedi Belarus yetakchisi "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida.
U shuningdek, hech qachon o‘zida charchoq his qilmasligini qo‘shimcha qildi, chunki, prezidentning bu haqda o‘ylashga vaqti yo‘q.
"Prezident – bu g‘ildirak ichidagi olmaxon. To‘xtashning imkoni yo‘q. G‘ildirak aylanaveradi – sen yuguraverasan, yuguraverasan, yuguraverasan. Xalq tili bilan aytganda, tiling osilib, jon beradigan bir ahvolgacha shunday davom etaveradi", - dedi Lukashenko.
Belarus yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, uning ish kunining boshi va oxiri yo‘q, o‘ta ish ko‘payib ketgan kunlarda esa, sutkalab ishlashga to‘g‘ri keladi. Lukashenko yoshlikdan tong sahar turishga odatlanganini aytdi.
"Olti, besh yarimlarda uyg‘onaman va badantarbiya bajarishga kirishaman", - dedi Lukashenko.
Yangiliklar lentasi
0