Andijon markaziy ichimlik suv tarmog‘ida avariya yuz berdi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishChelovek moyet ruki.
Chelovek moyet ruki. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijon markaziy suv ta’minoti tizimida yuz bergan nosozlikka qaramasdan aholiga ichimlik suvi yetkazib berilmoqda - hokimiyat.
TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. Andijon markaziy ichimlik suv ta’minoti tizimida avariya sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati. 
“Andijon suv ta’minoti” MChJ  xabariga ko‘ra, 9-yanvar kuni, Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib beruvchi diametri 1400 mm.li bo‘lgan “Xonobod-Andijon” markaziy suv quvurining Andijon tumani Xortum MFYga qarashli “Anjirzor” ko‘chasi hududida joylashgan suv taqsimlash jihozida nosozlik yuzaga kelgan
Hokimiyat xabariga ko‘ra, ayni paytda viloyat markazining ayrim hududlariga Jalaquduq tumanida joylashgan "Paxtakor" yer osti suv inshooti orqali toza ichimlik suvi yetkazib berilmoqda. Bundan tashqari 40 dona maxsus suv tashish transporti vositalari orqali aholiga ichimlik suvi yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.
Undan tashqari, ushbu favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun maxsus shtab tuzilib quvurni ta’mirlash ishlari to‘xtovsiz olib borilmoqda.  
Yangiliklar lentasi
0