BSST ekspertlari COVID-19ning “eng asosiy” manbasini aytishdi

© AP Photo/Sakchai LalitUcheniy beret mazok iz rotovoy polosti letuchey mishi
Ucheniy beret mazok iz rotovoy polosti letuchey mishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rshapalaklar to‘planadigan joylar COVID-19 kelib chiqishining eng katta manbai hisoblanadi - Marion Kupmans.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Ko‘rshapalaklar to‘planadigan joylar COVID-19 kelib chiqishining eng katta manbai hisoblanadi, dedi Xitoyga safarga otlagan Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xalqaro ekspert guruhi Marion Kupmans.
Rabota vremennogo gospitalya dlya bolnix koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 6ta hududda yangi holatlar aniqlandi
"Albatta, virus qayerdan kelib chiqqanligi haqida versiyalar mavjud, ehtimol bu Ko‘rshapalaklar yashaydigan joylar", - dedi Kupmans CGTNga bergan intervusida.
Dushanba kuni XXR Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi BSST ekspertlari delegatsiyasi 14-yanvar kuni Xitoyga yetib borishini ma’lum qildi.
Ular yangi koronavirusning kelib chiqishini aniqlashadi. Guruhga Yaponiya, Qatar, AQSh, Germaniya, Vyetnam, Avstraliya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Daniya vakillari kiradi. Rossiya nomidan guruhni Paster nomidagi Sankt-Peterburg epidemiologiya va mikrobiologiya instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Vladimir Dedkov ishtirok etadi.
2019 yil 31-dekabr kuni Xitoy hukumati JSSTga mamlakatning markaziy qismida Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalgani haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus. JSST bu kasallikni xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holat deb tan oldi va bu kasallikka rasmiy nom - COVID-19 berdi.
Brifing, posvashenniy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaksine ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
"Sputnik V" vaksinasiga ishonish uchun 3ta asosiy sabab - Bloomberg versiyasi
Xitoy Fan va texnologiyalar vazirligining ilmiy-texnik rivojlanish bo‘limi boshlig‘i U Yuanbin ko‘rshapalaklar koronavirusning asosiy manbasi degan fikr bildirgan.
Bundan tashqari, Xitoy bir guruh olimlari pangolin koronavirus ehtimoliy tarqatuvchisi bo‘lishi mumkin degan tahmin ilgari surishgandi. Pangolin yangi koronavirus genom ketma-ketligi kasal odam koronavirusning genomiga 99% o‘xshash ekanligini aniqladilar. Pangolinlar - Osiyo va Afrikada keng tarqalgan zirhli sut emizuvchi hayvon va chumolixo‘r qarindoshlari hisoblanadi. Ular asosan hasharotlar bilan oziqlanadi.
 
Yangiliklar lentasi
0