COVID-19 bu Gitler, demak Rossiya bilan ittifoq tuzish vaqti keldi – G‘arbcha mantiq

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishGoroda mira. London
Goroda mira. London - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oldin G‘arb Rossiya vaksinasini faqat qoralab yozgan bo‘lsa, shu kunlarda 180 gradusga o‘zgargan - nufuzli nashrlar vaksinaning yaxshi tomonlarini sanab o‘tmoqda...
Shu kunlarda juda qiziq voqealar sodir bo‘lmoqda: barchaning ko‘z oldida G‘arb Rossiyaning COVID-19ga qarshi vaksinasi haqidagi fikrini 180 gradusga o‘zgartirmoqda.
Koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi: qaysi davlatlar uni sotib olmoqchi - Sputnik O‘zbekiston
Qaysi davlatlar Rossiya vaksinasini sotib olmoqchi
So‘nggi bir necha kun ichida G‘arbning yetakchi nashrlarida rus vaksinasining samaradorligini ta’kidlaydigan maqolalar birin-ketin paydo bo‘lmoqda.
Bir necha oy davomida Rossiya vaksinasini qoralashdan nariga o‘tmagan va “Moskvaning qo‘lidan hech narsa kelmaydi” qabilida masxaranomuz fikrlardan so‘ng bunday o‘zgarish, albatta, e’tiborga molikdir.

Keskin burilish 

Xususan, Bloomberg agentligi jurnalisti Sem Fazeli "Sputniku V" vaksinasiga ishonish uchun qanday sabablar borligini birma-bir sanab o‘tgan.
New York Times gazetasining Moskvadagi muxbiri Endryu Kramer bo‘lsa, Rossiya vaksinasini maqtash bilan cheklanmasdan, o‘zi ham ushbu vaksinani qabul qilgan. Jurnalist Rossiyada emlash jarayoni tartibli va yuqori darajada tashkil qilinganini va fuqarolar uchun ushbu vaksinani olish mushkul emasligini qayd etgan.
Vaksinatsiya protiv gepatita  - Sputnik O‘zbekiston
Pul bilan hal qilib bo‘lmaydigan ish – nega Amerika vaksinasiz qoldi?
Britaniyaning Spectator jurnalida chop etilgan maqolada esa, Angela Merkelning Vladimir Putin bilan Rossiya vaksinasini Germaniyada ishlab chiqarishga doir suhbati haqida xabar qilingan.
Eng qizig‘i, maqola muallifi ushbu suhbatni bundan 80-yil oldin sodir bo‘lgan tarixiy voqeaga o‘xshatgan. Xususan, COVID-19ni - Gitlerga, Merkel bilan Putin suhbatini esa Cherchill va  Ruzveltning Gitlerga qarshi Stalin bilan ittifoq tuzishiga o‘xshatgan.
Shu yerda istehzo qilmasdan ilojimiz yo‘q, chunki G‘arb matbuoti o‘nlab yillar davomida “Stalinning Gitlerdan farqi yo‘q, Ikkinchi jahon urushida SSSR ham Germaniya kabi aybdor” qabilida gapirib kelgan G‘arb, kezi kelganda, hammasi aslida qanday bo‘lganini darhol esga oldi. Kezi kelganida - ya’ni boshi berk ko‘chaga kirib qolganida.

Birovga choh qazib... 

Bir necha kun oldin Britaniyaning AQShdagi elchisi Karen Pirs - koronavirus pandemiyasidan Rossiya va Xitoy  g‘olib bo‘lib chimasligi kerak deb ochiqchasiga aytgan edi.
Diplomat nafaqat vaksina borasida, ya’ni kimning vaksinasi eng samarali bo‘lishi yoki tezroq tayyor bo‘lishi haqida, balkim epidemiya sharoitida turmushning barcha jabhalari, iqtisod, davlat va jamiyat boshqaruv tizimlarining samaradorligini ham nazarda tutgan edi.
Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston
Pentagon Rossiya va Xitoy tomonidagi raqobatdan qo‘rqdi
Har bir davlat pandemiyaga qarshi o‘ziga xos uslubda kurashmoqda. Xitoy cheklangan hududda qattiqqo‘l karantin choralari bilan kurashmoqda. Masalan, yaqinda aniqlangan 137 holatdan so‘ng umumiy aholisi 18 million bo‘lgan 2ta shahar to‘liq lokdaun qilingan edi. Lekin qolgan 1,5 millbard aholi normal hayot kechirmoqda.
Rossiya ham o‘ziga xos yo‘l bilan virusga qarshi kurashmoqda. Tibbiyot yangicha uslubda ishlamoqda va o‘z vazifasini bajarmoqda, kasallar uchun o‘rin yetishmovchilik muammosi yo‘q. Vaksinatsiya qilinganlar soni esa 1 milliondan oshib ketdi. Kasallar soni ham oshmoqda, lekin vaziyat G‘arbdagidan ko‘ra bir necha barobar yaxshiroq.
AQShda ichki siyosiy muammolar tufayli epidemiya mutlaq uchinchi o‘ringa tushib ketdi. Yevropada ham esa ayni damda epidemiya tufayli kiritilgan cheklovlar - eng og‘riqli masala bo‘lib qolmoqda.
Britaniyada esa vaziyat eng og‘ir – u yerda yaqinda pandemiya boshida kiritilgani kabi eng qattiq lokdaun kuchga kirdi.

Kimning vaksinasi zo‘r?

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Javoblar va savollar: Rossiya vaksinasi tanqidchilariga
Britaniyada vaksinatsiya esa, kuzda boshlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘ta sekin kechmoqda. Birinchidan, ishlab chiqarilayotgan vaksinalar soni juda kam, ikkinchidan esa vaksinadan qo‘rqish– kuchli. Vaksina qabul qilganlarni o‘limi ham jamoatchilikni qo‘rqitib yuborgan. Shu sababli OAVda paydo bo‘lgan negativ fon ham emlash jarayoniga xalal bermoqda.
Bugungi kunda G‘arbdagi asosiy vaksinalar Pfizer va BioNTec tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina bo‘lib, yuqoridagi muammolardan tashqari uning yana bir jiddiy kamchillik tomoni bor. Vaksina - 70 daraja sovuqdja saqlanishi kerak. Bunday haroratni doimiy saqlab turish uchun maxsus uskunalar kerak. "Sputnika V" bo‘lsa – 18, ya’ni oddiy muzlatgichda saqlash mumkin.

Cheklovlardan charchagan G‘arb 

Germaniya – shu kunga qadar pandemiyaga qarshi kurashni samarali olib borayotgan edi. Uning rivojlangan iqtiodi va tibbiyot tizimi kasalikka qarshi samarali kurashish imkonini yaratdi. Bemorlar uchun yotoq o‘rin yoki sun’iy nafas oldirish apparatlari yetishmovchiligi kuzatilmadi.
Turist s sobakoy v terminale 2 aeroporta Xitrou v Londone, Velikobritaniya  - Sputnik O‘zbekiston
“Qamalda” qolgan Britaniya ko‘chalaridagi hayotga nazar
Lekin jamoatchilik davlaning kovid-siyosatidan baribir norozi bo‘ldi. Ko‘pchillik kiritilgan cheklovlardan, uyda o‘tirishdan charchagan, xizmat kuo‘rsatish sohalari jiddiy qiyinchilikka duch kelgan. Ushbu va boshqa sabablar tufayli GFRda so‘nggi vaqtlarda tez tez norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Germaniya kansleri Angela Merkel ham murakkab vaziyatga tushib qolgan: bir tomondan cheklovlarni bekor qilish imkoni yo‘q, kasallar soni oshmoqda. Ikkinchi tomondan esa – uzoq vaqtdan beri uyida o‘tirishga majbur bo‘layotgan, cheklovlardan charchagan fuqarolar.
Umuman cheklovlardan butun Yevropa aholisi charchagan desak xato bo‘lmaydi. Shu o‘rinda o‘z o‘zidan qator savollar tug‘iladi.

G‘arb siyosatchilariga savollar 

Nima sababdan unchalik “erkin bo‘lmagan” Rossiya va Xitoy o‘z fuqarolari uchun qattiq cheklov choralari kiritmagan, “demokratiya o‘chog‘i” hisoblangan G‘arb esa “eshiklarni yopib olishdan” boshqa chora bilmaydi?
Yoki nega Moskva va Pekin o‘z vakisnalarini yaratib, aholi orasida emlash jarayonini muvaffaqiyatli boshlab yuborgan, G‘arbda esa har kuni vaksina o‘rnida janjal bo‘lmoqda? Vanihoyat, yevropaliklar to‘layotgan ulkan soliqlar qayoqqa ketmoqda?
Lokdaun v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo mamlakatlari koronavirusning yangi turi sabab Britaniya bilan parvozlarni to‘xtatmoqda
Bunday kayfiyatlar esa G‘arb uchun xavfli.
Jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish texnologiyalarining ham chegarasi bor. Ustiga ustak bunday uslublar eng noo‘rin vaziyatda ish bermay qolishi va kutilmagan qarama-qarshi natijalarga olib kelishi ham mumkin. G‘arb siyosatchilari so‘nggi yillardan bir necha bor buning guvohi bo‘lishdi.
So‘nggi vaqtlarda dunyoda sodir bo‘layotgan notinchliklar siyosiy va ijtimoiy tizim ustidan nazoratni saqlab qolish o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini tasdiqlamoqda. Bugungi kunda Germaniya rahbariyati uchun boshqaruvni saqlab qolish navbatdagi saylov natijalaridan ko‘ra muhimroq ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Ushbu vaziyatda G‘arb uchun vaksina ishlab chiqarish borasida Moskva bilan hamkorlik qilish “mutlaq qabul qilib bo‘lmaydigan” maqomdan “manfaatli” maqomga o‘tgani aniq.
Yangiliklar lentasi
0