Jamiyat

Namanganda ham ichimlik suvi taʼminotida nosozlik yuzaga keldi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishKran v vannoy komnate, arxivnoye foto
Kran v vannoy komnate, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
“Paxtalikoʻl” suv uzatish inshootidagi nosozlik sabab Namangan shahrining ayrim joylarida ichimlik suvi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar sodir boʻladi.
TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Namangan shahri suv taʼminotida ham favqulodda nosozlik yuzaga keldi.
“Namangan suv taʼminoti”  MCHJ axborot xizmati xabariga koʻra, 11 yanvar kuni “Paxtalikoʻl” suv uzatish inshootida D-1000 mm.li  yuqori bosimli magistral tarmoqlarda favqulodda nosozlik sodir būlganligi sababli mazkur inshoot faoliyati soat 10:00 dan boshlab vaqtinchalik tūxtatildi.
“Buning natijasida Namangan shahrining Oromgoh dahasi, 1-Axsikent, 2-Axsikent, Goʻzal, Chamanzor, Minchinor, Mustaqillik, Pahlavon, Nurobod, Sihatgox, Mehnatobod,  Ishonch, Istiqbol MFY hududi va 1-kichik tumani ayrim joylarida ichimlik suvi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar sodir boʻladi”, - deyilgan xabarda.
Xabarda hozirda  “Namangan suv taʼminoti” MCHJ Namangan shahar boʻlimi mutaxassislari tezkorlik bilan nosozlikni bartaraf etish choralarini koʻrayotgani qoʻshimcha qilingan.
Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Andijon shahriga ichimlik suvi yetkazib Xonobod-Andijon markaziy suv quvurining Andijon tumani “Xortum” MFYga qarashli Anjirzor koʻchasi hududida joylashgan suv taqsimlash jihozida nosozlik yuzaga kelgan edi. Natijada Andijon shahri va unga yondosh tumanlarning ayrim hududlari ichimlik suvisiz qolgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala