Dunyoda

Putin Aliyev va Pashinyanga Qorabogʻ boʻyicha yangi qadamlarni muhokama qilishni taklif qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishTryoxstoronnyaya vstrecha prezidentov Rossii, Azerbaydjana i Armenii
Tryoxstoronnyaya vstrecha prezidentov Rossii, Azerbaydjana i Armenii - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti tinchlikparvar kuchlar faoliyati, demarkatsiya, gumanitar muammo va madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qilish bilan bogʻliq masalalarni hal qilishga chaqirdi.
TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga Togʻli Qorabogʻda vaziyatni tartibga solishning asosiy yoʻnalishlariga oid yangi qadamlarni muhokama qilishni taklif qildi, deb yozadi RIA Novosti.
Selo Tagavard v Nagornom Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Armaniston Qorabogʻda halok boʻlganlar soniga aniqlik kiritdi
“Bugun avvalo oʻtgan yil yil 9 noyabrdagi qoʻshma bayonotda belgilangan tartibga solishning asosiy yoʻnalishlarining keyingi qadamlarini belgilab olish muhim boʻlgan boʻlardi. Tinchlikparvar kuchlar faoliyati, demarkatsiya chizigʻiga aniqlik kiritish, gumanitar muammo va madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qilish bilan bogʻliq masalalarni nazarda tutyapman”, - dedi Putin Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan bilan uchrashuvda.
Rossiya yetakchisi mintaqada iqtisodiy, savdo va transport aloqalarini, chegaralarni ochish muhim ahamiyatga molik ekanini taʼkidladi.
“Bu masalalar bilan Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston bosh vazir oʻrinbosarlari raisligidagi uch tomonlama ishchi guruh shugʻullanishi moʻljallanmoqda”, - dedi u.
Boleye 47100 bejentsev vernulis v svoi doma v Nagornom Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Togʻli Qoraboqqa 50 mingga yaqin qochoq qaytdi – video
Putin muzokaralar amaliy muhitda oʻtishiga va mintaqada mustahkam tinchlik, xavfsizlik va ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlashga xizmat qilishiga umid bildirdi.
Rossiya prezidenti Qorabogʻ boʻyicha kelishuvlar izchil amalga oshirilayotganini maʼlum qildi. Bu janjalni adolatli ravishda tartibga solishga zamin yaratishini qayd etdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan 11 yanvar kuni Moskvada Rossiya prezidenti, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan oʻrtasida uch tomonlama muzokaralar boʻlib oʻtishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala