https://oz.sputniknews-uz.com/20210111/Sadir-Zhaparovning-rafiasi-aida-9ta-iziarli-fakt-15762823.html
Sadir Japarovning rafiqasi haqida 9ta qiziqarli fakt
Sadir Japarovning rafiqasi haqida 9ta qiziqarli fakt
Prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalariga koʻra, Sadir Japarov boshqa nomzodlarga nisbatan katta farq bilan gʻalaba qozondi. Uning rafiqasi Oygul... 11.01.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-01-11T16:42+0500
2021-01-11T16:42+0500
2021-04-07T18:51+0500
saylovlar
almazbek atambayev
sadir japarov
qirgʻiziston
dunyoda
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/01/0b/15760302_0:0:2951:1669_1920x0_80_0_0_50f7c12edb8812bd2f5070c8b63207c5.jpg
Sputnik Qirgʻiziston Oygul Asanbayeva – Qirgʻiziston prezidenti saylovlarida yetakchilik qilayotgan Sadir Japarovning rafiqasi haqida maʼlum boʻlgan faktlarni umumlashtirdi.Tugʻilgan joyiOygul Asanbayeva 47 yoshda, u Issiqkoʻl viloyati, Tup tumani, San-Tosh qishlogʻida tugʻilgan.MaʼlumotiMaktabdan keyin u Qorakoʻldagi tibbiyot bilim yurtiga oʻqishga kirdi. Keyinchalik I.Arabayev nomidagi Qirgʻiziston davlat universitetining pedagogika fakultetini tamomladi.Qayerda tanishganSadir va Oygul qoʻshni qishloqlarda yashashgan va doʻstlariga tabiatga sayohat paytida uchrashdilar. Asanbayevaning eslashicha, u oʻsha paytda 18 yoshda, Japarov esa 23 yoshda edi. Uch yillik doʻstlikdan soʻng, ular turmush qurishdi.Farzandlar Baʼzi manbalarga koʻra, oilada besh nafar, boshqa manbalarda esa toʻrt nafar farzand borligi aytilgan. Bir intervyuda bu haqda tegishli savolga Asanbayeva oʻzlarining toʻrt nafar farzandi borligi, ammo ular Sadir Japarov ukasining oʻgʻlini (ota-onasi YTH oqibatida vafot etgan) ham tarbiyalayotgani haqida maʼlum qilgan. Bolalarning ismlari - Dastan, Rustam, Rinat, Nurdoolot va Janayim.Toʻngʻich oʻgʻil Dastan oʻtgan yilning yozida vafot etdi: u mototsiklda halokatga uchradi va toʻrt kundan keyin kasalxonada vafot etdi.Bir nafar nabiraning buvisi2019 yilda ikkinchi oʻgʻil Rustam uylandi. Oʻtgan yili yangi oilada qiz farzand koʻrishdi, unga Saara degan ism qoʻyishdi.Uch yil farzandlari bilan chet elda yashadiBaʼzi OAVlarida berilgan intervyularga koʻra, Asanbayeva "turmush oʻrtogʻini siyosiy taʼqib qilinishi paytida 3 yil davomida bolalari bilan xorijda yashagan". Ular Rossiya va Polshada yashaganliklari haqida maʼlum qilingan.Atambayevning rafiqasidan yordam soʻraganAsanbayevaning aytishicha, Japarovni qirgʻiz-qozoq chegarasida hibsga olish vaqtida xavfsizlik kuchlari uning oʻgʻli Rustamni ham hibsga olishgan, keyin u deyarli 6 oy davomida tergov izolyatorida saqlangan. Oʻsha vaqtda siyosatchining rafiqasi birinchi xonim Raisa Atambayevaga oʻgʻlining ozod qilinishiga yordam berishi yuzasidan iltimos qilgan.Turmush oʻrtogʻini faol qoʻllab-quvvatlaydiSadir Japarov jazoni oʻtayotgan paytda, Oygul Asanbayeva uni ommaviy axborot vositalarida ochiqchasiga himoya qilgan va har doim norozilik namoyishlarida qatnashgan.Pasport boʻyicha boshqa ism2020 yilda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida Oygul Asanbayeva "Mekenchil" partiyasi safida Joʻqorgʻu Kengash deputatligiga nomzodini qoʻygandi (roʻyxatda 24-oʻrin). Ammo siyosiy tashkilotning saylov roʻyxatida u Gulnura nomi bilan roʻyxatga olingan - Asanbayevani pasporti shunday ism yozilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga qaraganda, Japarovning rafiqasi ushbu kampaniyada faol qatnashgan va viloyatlar boʻylab safarga chiqqan.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210111/ozoiston-prezidenti-Sadir-Zhaparovni-saylovdagi-alabasi-bilan-tabrikladi-15757536.html
qirgʻiziston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/01/0b/15760302_0:0:2951:1855_1920x0_80_0_0_0f747da8eb4c451258e91cab5103595f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
saylovlar, almazbek atambayev, sadir japarov, qirgʻiziston
Sadir Japarovning rafiqasi haqida 9ta qiziqarli fakt
16:42 11.01.2021 (yangilandi: 18:51 07.04.2021) Prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalariga koʻra, Sadir Japarov boshqa nomzodlarga nisbatan katta farq bilan gʻalaba qozondi. Uning rafiqasi Oygul Asanbayeva haqida maʼlumotlar ochiq manbalardan va mahalliy OAVlaridan olingan.
Sputnik Qirgʻiziston Oygul Asanbayeva – Qirgʻiziston prezidenti saylovlarida yetakchilik qilayotgan Sadir Japarovning rafiqasi haqida maʼlum boʻlgan faktlarni umumlashtirdi.
Tugʻilgan joyi
Oygul Asanbayeva 47 yoshda, u Issiqkoʻl viloyati, Tup tumani, San-Tosh qishlogʻida tugʻilgan.
Maʼlumoti
Maktabdan keyin u Qorakoʻldagi tibbiyot bilim yurtiga oʻqishga kirdi. Keyinchalik I.Arabayev nomidagi Qirgʻiziston davlat universitetining pedagogika fakultetini tamomladi.
Qayerda tanishgan
Sadir va Oygul qoʻshni qishloqlarda yashashgan va doʻstlariga tabiatga sayohat paytida uchrashdilar. Asanbayevaning eslashicha, u oʻsha paytda 18 yoshda, Japarov esa 23 yoshda edi. Uch yillik doʻstlikdan soʻng, ular turmush qurishdi.
Farzandlar
Baʼzi manbalarga koʻra, oilada besh nafar, boshqa manbalarda esa toʻrt nafar farzand borligi aytilgan. Bir intervyuda bu haqda tegishli savolga Asanbayeva oʻzlarining toʻrt nafar farzandi borligi, ammo ular Sadir Japarov ukasining oʻgʻlini (ota-onasi YTH oqibatida vafot etgan) ham tarbiyalayotgani haqida maʼlum qilgan. Bolalarning ismlari - Dastan, Rustam, Rinat, Nurdoolot va Janayim.
Toʻngʻich oʻgʻil Dastan oʻtgan yilning yozida vafot etdi: u mototsiklda halokatga uchradi va toʻrt kundan keyin kasalxonada vafot etdi.
Bir nafar nabiraning buvisi
2019 yilda ikkinchi oʻgʻil Rustam uylandi. Oʻtgan yili yangi oilada qiz farzand koʻrishdi, unga Saara degan ism qoʻyishdi.
Uch yil farzandlari bilan chet elda yashadi
Baʼzi OAVlarida berilgan intervyularga koʻra, Asanbayeva "turmush oʻrtogʻini siyosiy taʼqib qilinishi paytida 3 yil davomida bolalari bilan xorijda yashagan". Ular Rossiya va Polshada yashaganliklari haqida maʼlum qilingan.
Atambayevning rafiqasidan yordam soʻragan
Asanbayevaning aytishicha, Japarovni qirgʻiz-qozoq chegarasida hibsga olish vaqtida xavfsizlik kuchlari uning oʻgʻli Rustamni ham hibsga olishgan, keyin u deyarli 6 oy davomida tergov izolyatorida saqlangan. Oʻsha vaqtda siyosatchining rafiqasi birinchi xonim Raisa Atambayevaga oʻgʻlining ozod qilinishiga yordam berishi yuzasidan iltimos qilgan.
"Tanishlarim orqali men birinchi xonimga chiqdim va yordam soʻradim. Ammo u "u bunday masalalarga aralashmayman" deb javob qaytardi. Men hammani ozod qilish kerak demoqchi emasman. Men aslida noqonuniy hech narsa qilmagan oʻgʻlim uchun soʻragandim. U shunchaki otasini kutib olish uchun chiqqandi ... Mamlakatning birinchi xonimi boʻlish har kimga ham nasib qilmaydi, bu Xudodan, oʻylaymanki, koʻproq rahm-shafqatli va mehribonroq boʻlish kerak ", - dedi Asanbayeva.
Turmush oʻrtogʻini faol qoʻllab-quvvatlaydi
Sadir Japarov jazoni oʻtayotgan paytda, Oygul Asanbayeva uni ommaviy axborot vositalarida ochiqchasiga himoya qilgan va har doim norozilik namoyishlarida qatnashgan.
Pasport boʻyicha boshqa ism
2020 yilda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida Oygul Asanbayeva "Mekenchil" partiyasi safida Joʻqorgʻu Kengash deputatligiga nomzodini qoʻygandi (roʻyxatda 24-oʻrin). Ammo siyosiy tashkilotning saylov roʻyxatida u Gulnura nomi bilan roʻyxatga olingan - Asanbayevani pasporti shunday ism yozilgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga qaraganda, Japarovning rafiqasi ushbu kampaniyada faol qatnashgan va viloyatlar boʻylab safarga chiqqan.