Jamiyat

Hafta oxirida Oʻzbekistonga Erondan juda iliq havo massalari kirib keladi

© Sputnik / Kirill Shipitsyn / Fotobankka oʻtishAvtomobilnaya doroga mejdu Irkutskom i selom Bolshoye Goloustnoye v Irkutskoy oblasti
Avtomobilnaya doroga mejdu Irkutskom i selom Bolshoye Goloustnoye v Irkutskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzgidromet iliq ob-havo butun ish hafta davomida Oʻzbekiston aholisini quvontirishini maʼlum qildi. 15 yanvarda respublika boʻyicha Erondan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Bugun, 11 yanvar kuni Oʻzbekiston boʻyicha ochiq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kuni havo harorati 7-12 daraja iliqqacha isiydi, bu meʼyordan 4-5 darajaga yuqoridir. Respublika boʻyicha iliq havo massalari kirib kelishida baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet.
12 yanvar kuni respublika hududlarining koʻp qismida quruq va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Shuningdek, baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni, kunduz kuni 5-10 daraja iliqni tashkil etadi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatining baʼzi joylarida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.
13 yanvar kuni kechalari Toshkent viloyatida, shuningdek Toshkent, Namangan viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarining baʼzi joylarida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni, kunduz kuni 3-8 daraja iliqni tashkil etadi. Bu iqlimiy meʼyorlardan deyarli kam boʻladi.
14 yanvarda Oʻzbekistonda yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi esa koʻtariladi va 5-10 daraja iliq atrofida boʻladi. 
15 yanvarda respublika boʻyicha Erondan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, Oʻzbekistonda quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda va havo harorati kechasi 2-5 daraja iliqgacha, baʼzi joylarda, ayniqsa, sovuq kuchli boʻladigan hududlarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja issiqqacha koʻtariladi. Bu meʼyordan 5-7 darajaga yuqoridir.
Butun ish xafta davomida respublikaning baʼzi joylarida tumanlar kuzatiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala