Dunyoda

Erdogʻan NATO Turkiyani terrorchilar bilan yakkama-yakka qoldirganini maʼlum qildi

© AFP / ADEM ALTANPrezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Turkiya prezidenti NATOni alyans mamlakatga terrorizmga qarshi kurashda yetarlicha yordam bermayotganlikda aybladi.
TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan NATOni alyans mamlakatga terrorizmga qarshi kurashda yetarlicha yordam bermayotganlikda aybladi.
Prezident Turtsii Redjep Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
“Turkiya xulq-atvorini oʻzgartirish”: Gʻarb nima uchun Erdogʻanni jazolamoqda
“YEI va NATO xavfsizligi bizning sharqiy chegaralarimizda boshlanadi. Biz NATO doirasida terrorizmga qarshi kurash hamkorligidan hech qachon voz kechmaganmiz. Nega NATO mamlakatlari bizni terrorizm bilan kurashda yolgʻiz qoldirmoqda? Kim, Turkiyadan tashqari, “Islom davlati”* bilan kurashmoqda”, - dedi Erdogʻan Anqaradagi chiqishi vaqtida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Shuningdek, u AQShni Turkiyada terrorchilik tashkiloti hisoblangan Suriya kurdlari kuchlariga harbiy yordam koʻrsatishda aybladi.
“Minglab qurol-yarogʻ ortilgan yuk mashinalari, transport vositalari terrorchilik guruhlariga joʻnatilgan. Ular esa bulardan foydalanib, bizga qarshi urush boshladi. Biz NATOga aʼzo mamlakat sifatida kurashdik, kurashyapmiz va kurashamiz”, - dedi Turkiya yetakchisi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala