Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Analitika

Flesh-effekt: Saraton kasalini bir soniyada davolash uslubi topildi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishZnak na dveri kabineta "Rentgen"
Znak na dveri kabineta Rentgen - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni damda Shveytsariya, AQSH va Rossiya olimlari saraton kasalini davolashning yangi revolyutsion uslubini sinovdan oʻtkazishmoqda.
TOSHKENT, 12 yanv — RIA Novosti, Tatyana Pichugina. Bir yil oldin rak kasalini bir soniyada davolashning yangi uslubi – flesh-effekt ilk bor sinab koʻrilgan edi. Ushbu uslubning mohiyati shundan iboratki, saraton oʻsmasiga bir necha millisekund davomida kuchli radiatsiya yoʻnaltiriladi. Bunda sogʻlom hujayralar nurlanishga ulgurmaydi, lekin saratonga chalingan hujayralar qurbon boʻladi.

Birinchi bemor

2018 yilning iyun oyida Lozanna umiversitetida  Mari-Katrin Vozenin boshchilik qilgan tibbiyot olimlari guruhi limfoma kasaliga chalingan 75 yoshli erkakka ilk bor ushbu eksperimental uslubda davolanishni taklif qilishgan edi. Bemor 10 yil oldin saraton kasaliga chalingan boʻlib, 110 ta radioterapiya sensi olgan, lekin oʻsimtalar rivojlanishdan toʻxtamagan edi.
Rakovыe kletki - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Saraton kasalligining 95 foiz sabablari aytildi
Aytish joizki bunday uslubda davolash uchun fotonlarni liniyali tezlashtirish maxsus moslamasi kerak boʻladi.  Davolash uchun bemor bilagida joylashgan oʻlchami 3,5sm boʻlgan shish tanlab olingan. Lozannadagi moslama oʻta qisqa impuls bilan katta kuchlanishli energiya berishi mumkin. Birinchi patsentga 15 grey kuchlanishga ega boʻlgan 1ta flesh-effekt seansi oʻtkazilgan.
Natijada 10 kundan soʻng oʻsimta kichraya boshlagan, 36 kundan soʻng tuzalgan va 5 oydan soʻng mutlaq yoʻqolib ketgan. Uning atrofidagi toʻqimalar odatdagidan ancha tez tuzalib ketgan.

Flesh-effekt – bu nima?

Ushbu davolash uslubi haqida ilk maʼlumotlar 2014 yilda aynan Lozannada paydo boʻlgan edi.  Science jurnalida saratonga chalingan mushuklarni flesh-effekt uslubida davolash aytib oʻtilgan edi. Dastlabki tajribaning kutilmagan samarali natijalari olimlar oldida yangi imkoniyatlarni ochib berdi.
Saraton kasalini odatiy radiatsiya uslubida davolaganda, sogʻlom organlarga zarar yetkazmaslik uchun nurlanish darajasi juda past boʻladi – sekundiga 0,03 grey. Bunda saraton oʻsimtasini yoʻq qilish uchun bir necha seans kerak boʻladi. Aksariyat hollarni uni toʻliq yoʻq qilish uchun yetarli boʻlmaydi. Bunday uslub koʻz va bosh miya uchun toʻgʻri kelmaydi. Yana saratonning ayrim turlariga ham toʻgʻri kelmaydi.
Devushka yedet na velosipede po Krыmskoy naberejnoy v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shifokor insult, infarkt va saraton xavfini kamaytirishning oson yoʻlini aytdi
Flesh-effekt uslubida, bir necha millisekund ichida sartonga chalingan hududga katta miqdorda radiatsiya yuboriladi - sekundiga 40 greygacha. Bunda kasal hujayralar qurbon boʻladi, lekin atrofdagi sogʻlom hujayralar zararlanishga ulgurmaydi. Buni olimlar 20 asr oʻrtalarida aniqlashgan edi, lekin u vaqtda bunday nurlanish hosil qiluvchi uskunalar va texnologiyalar mavjud boʻlmagan.
bunda saraton hujayralari qanday qurbon boʻladi? Qisqa vaqtli yuqori nurlanishda yuqori energiyaga ega boʻlgan zarrachalar — fotonlar, gamma-kvantlar hujayra ichida kimyoviy reaktsiyalarni ishga tushiradi. Ushbu reaktsiya vaqtida saraton hujayrasi ichidagi kislorod bir zumda aktiv radikalga aylanadi. Kislorod yoʻqligi va kimyoviy reaktsiya oqibatida paydo boʻlgan chiqindilar tufayli - saraton hujayrasi nobud boʻladi. Sogʻlom hujayralarga kam miqdorda zarar yetadi.
Lekin saraton shishlarining kislorodsiz shakllari har borku, ularni qanday davolash mumkin?  Saratonning kislorodsiz shaklini davolashda – ultraflesh effektdan foydalanish mumkin.

Ultraflesh-effektning ochilishi

Flesh-effekt – bu albatta juda yaxshi ixtiro, lekin olimlar uning quvvatini sekundiga 100 greygacha oshirishni hamda nurlanish zonasinini aniqroq qilishni orzu qilishmoqda. Buning uchun esa juda quvvatli liniyali tezlashtirish moslamasi kerak.
Deleniye kletki - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiyalik olimlar saraton hujayralarini oʻldiruvchi DNK-nanorobot yaratishdi
Rossiya Fanlar Akademiyasining Troitsk shahrida joylashgan Yadroviy izlanishlar institutida aynan shunday tezlashtirish moslamasi bor. U Sovet Ittifoqa vaqtida qurilgan boʻlib, uning uzunligi 360 metrni tashkil qiladi. Uning quvvati 1 kilogrammlik nishon uchun sekundiga 300 ming greyni tashkil qiladi.
Shu kunlarda ushbu moslamada saraton kasalini davolashda ultraflesh-effektning taʼsiri oʻrganilmoqda.
Saraton kasalini davolashda, oddiy radiatsion terapiyaga qaraganda protonlar bilan nurlantirish juda katta ustuvorlikka ega. Protonlar ogʻirroq boʻlib, ularni tezlashtirish ancha mushkul, lekin ular oʻz energiyasini tezlashtirish nuqtasining oxirida yoʻqotish xususiyatiga ega. Bu esa – tananing istalgan joyida joylashgan saraton shishiga aniq va kuchli zarba berishi imkonini yaratadi. Proton terapiyasi eng chuqur joylashgan saraton shishlarini davolashda qoʻl kelishi mumkin.
Provedeniye laboratornыx issledovaniy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Saraton oʻsmasini davolashning yangi uslubi topildi
Ushbu uslub oʻtgan yilning noyabr oyida AQShning Tsintsinnati shtatatidagi klinikalardar birida sinab koʻrildi. U yerdagi Varian tsiklotroni yordamida suyak saratoniga chalingan 10 nafar bemorni davolash sinovdan oʻtkazildi. Varianning moslamasining quvvati 100 grammlik nishon uchun sekundiga 70 greyni tashkil qiladi.  
 “Saraton kasalini davolash uchun tezlashtirish moslamasining bir doni impulsi kifoya boʻladi. Nishonga boy yoʻgʻi 100 millisekund ichidan 50grey miqdorida nurlanish berilganda saraton hujayralari yanada qattiqroq shikastlanadi. Sogʻlom hujayralar esa kamroq zarar koʻradi”,  , — deydi RFA Yadroviy izlanishlar instituti tibbiyot kafedrasi rahbari Sergey Akulinichev.
Ayni damda Rossiya olimlari sunʼiy hujayrali toʻqimalarda va oʻsimlarda tajriba oʻtkazishmoqda. Agar ultraflesh-effekt oʻz samaradorligini tasdiqlasa – bu saraton kasalini  davolash tomon qoʻyilgan ulkan qadam boʻladi, deydi olim.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala