Migratsiya

IIV Oʻzbekiston fuqarolari ikkinchi davlat pasportini olishi holatida qonunbuzarlik koʻrmadi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishRossiyskiy pasport
Rossiyskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisidagi qonunga asosan, chet elga chiqib ketgan Oʻzbekiston fuqarosi mamlakatga fuqarolikdan chiqmagan holda Rossiya yoki boshqa davlat pasporti bilan kirib kelsa, u Oʻzbekiston fuqarosi sifatida tan olinadi
TOSHKENT, 12 yanv - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Dilshodbek Murodbekov Oʻzbekistondan chet davlatga vaqtinchalik yoki doimiy yashashga chiqib ketgan va Oʻzbekiston pasportidan voz kechmagan holda chet davlat pasportini olgan fuqarolar borasida izoh berdi.
S 1 yanvarya 2021 goda vmesto biometricheskogo pasporta budut vыdavatsya ID-kartы  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda identifikatsiya ID-kartasini qanday olsa boʻladi
Murodbekov ushbu holatga toʻxtalar ekan, Oʻzbekiston fuqarolari ichida chet elga vaqtincha yoki doimiy yashashga ketganlar juda koʻpligini taʼkidlab, ular orasida chet davlat fuqaroligini qabul qilganlar ham bor, deya qoʻshimcha qildi.
Aniqlik kiritilishicha, bunday fuqarolar nafaqat Rossiya Federatsiyasi, balki Qozogʻiston, Isroil, Germaniya singari davlatlarda ham koʻp.
IIV vakili statistik maʼlumotlarni keltirmadi. Ammo Oʻzbekistonda bitta fuqarolik tan olinishini qayd etdi.
ID-karta uzb - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Pasport oʻrniga ID-karta
"Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisidagi qonunga asosan chet elga chiqib ketgan Oʻzbekiston fuqarosi mamlakatga fuqarolikdan chiqmagan holda Rossiya pasporti bilan kirib kelsa yoki boshqa chet el pasporti bilan kirib kelsa u Oʻzbekiston fuqarosi sifatida tan olinadi. Yaʼni roʻyxatga olishda ham xorijga ketgan fuqaroning pasporti amal qilish muddati tugagan yoki yoʻqolgan boʻlsa unga yangi Oʻzbekiston fuqarosi pasporti, hozirgi kunda esa ID-karta rasmiylashtirib beriladi. Fuqaro xohishiga koʻra xorijga chiqish pasporti ham rasmiylashtiriladi", - deya tushuntirdi Murodbekov.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarining aytishicha, bu yerda hech qanaqa qonunbuzarlik yoki bir salbiy holat yoʻq.
"Agar Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqqan boʻlsa u vaqtincha roʻyxatga olinib, kelgusida doimiy yashashga ruxsatnoma ham berilishi mumkin", - dedi u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala