Olis hududlarga ishga borgan malakali mutaxassislarga 11 million so‘mdan yordam puli beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi yanvardan olis va chekka hududlarda budjet tashkilotlariga ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli mutaxassislarga 11 mln 150 ming so‘m bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun 446 ming so‘m miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvardan olis va chekka hududlarda quyidagi imtiyozlar beriladi:
  • budjet tashkilotlariga ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli mutaxassislarga BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun BHMning 2 baravari (446 ming so‘m) miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi;
  • oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilingan shifokorlarga kamida 3-yil ishlab berish sharti bilan 30 mln so‘m miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli, uy-joyi bo‘lmaganlarga esa 3-yil davomida xizmat uy-joylari beriladi yoki BHMning 2 baravari (446 ming so‘m) miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi.
Boshlang‘ich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi soliq to‘lovchining jami daromadiga kiritilmaydi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Yordam va ijara puli: olis hududlarda ishlash uchun boradigan xodimlar rag‘batlantiriladi
Mazkur imtiyozlardan OTMning bakalavriati yoki magistraturasini (ta’lim shaklidan qat’i nazar – kunduzgi, sirtqi, kechki, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik) tamomlaganidan keyin uch yil mobaynida olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlari, shu jumladan tibbiyot muassasalariga ishga kirgan bitiruvchilar foydalanish huquqiga ega.
Bunda uy-joy uchun har oylik pul kompensatsiyasi mutaxassis ishga qabul qilingan oydan boshlab 36 oygacha to‘lanadi.
Oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi tegishliligi bo‘yicha olis va chekka hududda joylashgan bir budjet tashkilotidan va (yoki) tibbiyot muassasasidan boshqasiga o‘tkazilganida, har oylik pul kompensatsiyasini to‘lash belgilangan muddat tugagunga qadar davom ettiriladi.
Yangiliklar lentasi
0