Rossiyalik olimlar koronavirus yangi mutatsiyalar hosil qilish mexanizmini aniqlashdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya ot koronavirusa
Vaksinatsiya ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Immuniteti susaygan ayol tanasida uzuluksiz bo‘lgan koronavirus 6 oy davomida 18ta yangi mutatsiya hosil qilgani aniqlandi.
TOShKENT, 12 yanv – Sputnik. Rossiyalik olimlar bir bemor tanasida uzoq vaqt davomida bo‘lgan koronavirus 18ta yangi mutatsiya paydo qilganini aniqlashdi.
Lokdaun v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo mamlakatlari koronavirusning yangi turi sabab Britaniya bilan parvozlarni to‘xtatmoqda
Ma’lum bo‘lishicha, saraton kasaliga chalingan 47 yoshli ayol aprel oyida koronavirus yuqtirib olgan. Shundan so‘ng 9-sentabrga qadar topshirilgan barcha test natijalari musbat chiqqan.
Bir necha ilmiy institut olimlari tomonidan ushbu holat diqqat bilan o‘rganganida, immuniteti susaygan ayol tanasida uzoq vaqt davomida bo‘lgan koronavirus, inson organizmiga moslashish uchun 18ta yangi mutatsiya hosil qilgani aniqlangan. Ushbu mutatsiyalar orasida oldin Gollandiyada norka kemiruvchilarida aniqlangan S-oqisil mutatsiyasi borligi ham aniqlangan.
Bundan xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda dunyoda katta shov-shuvga sabab bo‘layotgan koronavirusning Britaniya shtammi ham ana shunday yo‘l bilan hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deydi genomika va bioinformatika kafedrasi professori Konstantin Krutovskiy.
Zararli mamlakatlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan aviaaloqalarni chekladi?
Olim xulosasiga ko‘ra, koronavirusning yangi mutatsiyasi Rossiyaga xavf solayotgani haqida gapirishga hali erta, chunki ushbu virus faqat bir kishining organizmida aniqlangan va tarqalishga ulgurmagan.
Biroz oldin Sputnik V vaksinasini yaratgan Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Ginsburg ham Rossiyada koronavirusning o‘ziga xos mutatsiyasi paydo bo‘lishi kutilayotganini xabar qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Gollandiya, Britaniya,  JAR, Braziliya va AQShda koronavirusning yangi faqat ushbu hududga xos shtammlari aniqlangan. Ular orasida Britaniya shtammi yuqumliroq va xavfliroq deyilmoqda.
Rossiyada Britaniya shtammi ushbu mamlakatdan kelgan bir kishida aniqlangan. Hozir u izolyatsiya qilingan va davolanmoqda. Rossiya 22-dekabrda Britaniya bilan avia aloqalarni to‘xtatgan edi. Bugun 12-yanvardan boshlab ushbu cheklov 1-fevralga qadar uzaytirildi. 
Yangiliklar lentasi
0