Analitika

AQSH nega F-35 qiruvchisi seriyali ishlab chiqarilishini yana kechiktirdi

© AFP / FABRICE COFFRINIIstrebitel F-35 Lightning II
Istrebitel F-35 Lightning II - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH Mudofaa vazirligi F-35 Lightning II seriyali ishlab chiqarilishi boshlanishini yana bir bor bekor qildi. Qiruvchi hali toʻrt yil oldin yengib oʻtilishi kerak boʻlgan jangovar sinovlarga tayyor emas.
Qoʻshma Shtatlar koʻrinib turibdiki, oʻzining texnologik imkoniyatlariga juda yuqori baho berib yubordi va 2021 yil yanvarida "qiymati 1,6 trillion dollardan oshgan jahon tarixidagi eng koʻlamdor qurol-yarogʻ dasturi" boʻlgan "beshinchi avlod" F-35" qiruvchilari ishlab chiqarilishi katta miqdordagi genetik xatoliklar bilan atigi 615 ta kichik seriyali modifikatsiyada toʻxtab qoldi.
Amerikanskiy istrebitel F-35B  - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Amerika "koʻrinmasi"ning yangi fojiasi: F-35 havoda oʻz zapravkachisini taran qildi
AQSH Mudofaa vazirining xaridlar va taʼminot boʻyicha oʻrinbosari Ellen Lord F-35 Lightning II ning 2021 yil mart oyiga rejalashtirilgan seriyali ishlab chiqarilishini bekor qildi. Asosiy sabab - texnik muammolar. Qiruvchi bir qator jiddiy kamchiliklarga ega va zamonaviy havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlariga qarshi kurashda oʻz samaradorligini isbotlamagan.
F-35ning turli modifikatsiyalari 2011 yildan buyon ishlab chiqariladi, qiruvchi 2014 yilda rasman qurol-yarogʻlar safiga qabul qilingan. Bugungi kunda rejadagi 3200 "koʻrinmas"lardan faqat 600dan ziyodrogʻi ishlab chiqarilgan, ammo Pentagonning F-35ni seriyali ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi rasmiy qarori - bu jiddiy muammolarni hal qilish uchun moʻljallangan qiruvchining jangovar tayyorgarligini kafolatlash, xorijiy buyurtmachilar va amerikalik soliq toʻlovchilar uchun "sifat belgisi", shuningdek ishlab chiqarish samaradorligini tasdiqlash va sotishdan keyingi texnik xizmatdan iborat edi.
Pilot F-35 vo vremya podgotovki k vzletu v Saut-Berlingtone, SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
F-35 modernizatsiyasi - toʻkilgan obroʻ oqibati
AQSH Mudofaa vazirligi qarori yoʻq ekan - yuqori jangovarlik ham, haqiqiy sifat ham va chet eldan talab ham yoʻq, demak.
F-35 istiqbollari unchalik shaffof emas, Pentagonni ijobiy qarori bir necha yildan buyon ortga surilib kelinmoqda. Saylangan prezident Jo Bayden administratsiyasi tomonidan tayinlanadigan yangi jamoa mustaqil texnik ekspertiza uchun barcha kerakli maʼlumotlarni olib, 2046 yilgacha F-35 ni seriyali ishlab chiqarish boʻyicha qaror qabul qilgunicha bir necha oylab vaqt oʻtib ketadi.
"Koʻrinmas"larni ekspluatatsiyadan chiqarish 2070 yildan boshlanishi belgilangan. Rejalar fantastik, albatta. Amaliyotdagi ekspluatatsiya esa kundan-kun mutaxassislar koʻnglini qoldirmoqda. F-35 Lightning II koʻplab parametrlari boʻyicha beshinchi avlodga tortmayapti: tovush tezligiga qadar kreyser tezlik, radarlarda koʻrinishi, avariyaga uchrashi ehtimoli yuqori ekanligi bilan. Yadroviy qurolni tashuvchi samolyotni sertifikatlash ishlari 2023 yilning yanvariga rejalashtirilgan, ammo F-35ning barcha muvaffaqiyatsizliklaridan keyin bu muddatni ham keyinga qoldirishlari mumkin.
Polet istrebitelya F-15 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Turkiyani F-35 dasturidan chiqarib yuborishga tayyormi? Siyosatshunosning fikri

Amerikancha orzu

F-35 Lightning II ekspluatatsiyaviy sarflari toʻrtinchi avlod qiruvchilariga nisbatan ancha yuqori, bu esa davlat amaldorlarini koʻp miqdorda "koʻrinmas"lar xarid qilish maqsadga muvofiqligi borasida gumonga borishga majbur etmoqda. Ammo F-35 dasturiga investitsiyalar shunchalik ahamiyatliki, undan voz kechishning imkoni yoʻq. AQShdan tashqari bu dasturga Belgiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Italiya va boshqa davlatlar pul tikishgan, ammo barchasi - pul, vaqt, sayi-harakatlar bekorga sarflangani ayon boʻlmoqda. Amerikaning Military Watch jurnali 3 yanvar kuni: gʻarb dunyosidagi yagona beshinchi avlod qiruvchisi boʻlgan F-35 "toʻliq jangovar tayyorgarlikdan oʻta yiroqligi va 2025 yilga qadar yuqori jadallikdagi jangovar harakatlar uchun yaroqsiz boʻlishi mumkin", deya eʼlon qildi.
F-35ning ishlab chiqarish dasturi uchun javobgar boʻlgan rasmiy shaxslar toʻrtinchi yildirki qiruvchilarning jangovar sinovlarga tayyorgarligi sanasini aniqlashtira olishmayapti. "Chaqmoq"ning murakkab qurollanish tizimlarini tekshirish uchun ham simulyatsion markaz hozircha tayyor emas. Ehtiyot qismlarning yetishmovchiligi tufayli 2020 yilda pudratchi ishlab chiqarish jadalligini pasaytirdi. Sal oldin AQSH Mudofaa vazirligi yangi F-35larni texnologik brak (korpusidagi korroziyadan tortib dasturiy taʼminotgacha) tufayli bir necha marotaba qabul qilishdan bosh tortgan, kamchiliklar "beshinchi avlod" mashinalarining ikki yuztasida aniqlangan. Oʻz hisobotida Pentagon F-35 xizmat muddati bor-yoʻgʻi 2100 parvoz soatlarini tashkil etishini aytib oʻtgan. Avval boshdan qiruvchi 8000 parvoz soatiga moʻljallab ishlab chiqarilgan (yaʼni qirq yilgacha xizmat muddati).
Istrebitel-bombardirovщik pyatogo pokoleniya F-35 - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Gʻalati “koʻrinmas”: nima sababdan F-35 dumi tovush tezligidan yuqori tezlikda uzilib tushadi
Kamchiliklarning bunday "buketi"ga qaramay, oʻnlab turli modifikatsiyadagi F-35 qiruvchilari paradoksal holatda xorijiy sheriklarga sotilmoqda va sakkizta davlatda (jumladan, AQShning oʻzida ham) ekspluatatsiya qilinmoqda. Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya, Isroil, BAA, Qatar, Yaponiya bugungi kunda harbiy-havo kuchlariga oʻzlarining "koʻrinmaslarini" kutishmoqda. Misol uchun, faqatgina Isroil HHK 50ta F-35 qiruvchisiga buyurtma bergan va yana yigirmata "koʻrinmas"larni olishni istaydi.
"Chaqmoq"larni boshqarishga 1200dan ortiq uchuvchilar, 10 mingdan ortiq texnik esa – F-35ga xizmat koʻrsatishga oʻqitilgan. Ushbu fonda Lockheed Martin firmasi F-35A modifikatsiyasi uchun narxni dastlabki $ 250 mln.dan $ dan 80 mln.gacha tushirishga muvaffaq boʻldi. Amerika marketingi AQShdagi texnologiyalar darajasini sezilarli ortda qoldirmoqda. Qanotli orzu yoki "Chaqmoq"qa, toki u xaridorgir ekan, yaxshi uchish shart emas.

Zararli moslashuvchanlik

F-35 Lightning II bilan sodir boʻlgan seriya katastrofalar kelgusi yillarda mashina taqdiri oson kechmasligini prognoz qilish mumkin.
Va agar eng yangi amerika viruvchisi tinch ekspluatatsiyada texnologik jihatdan nimjon ekan, u holda jangovar muhitdagi uchrashuv u uchun qaygʻuli tugashi oldindan maʼlum, masalan, Rossiyaning beshinchi avlodga mansub Su-57 qiruvchisi, S-400 zenit raketa-majmuasi yoki radioelektron kurash vositalari bilan. "Koʻrinmas" oʻta shafqatsiz reallikka moslashishiga toʻgʻri kelmoqda.
Amerikalik "beshinchi avlod" qiruvchisining asosiy kamchiliklari sonini beshtagacha qisqartirishga muvaffaq boʻlindi, garchi bu narxi 80 million dollar (HHK uchun modifikatsiya) dan to 130 million dollargacha (harbiy dengiz kuchlari uchun modifikatsiya) boʻlgan mashina uchun juda koʻp boʻlsada. Tovush tezligidan ham tez uchish xususiyati planer, stels-qoplama va samolyot dum qismidagi antennalarga ularni yoʻq qilish bilan tahdid soladi. Biroq, Pentagon Lockheed Martin dushmani emas va F-35 ekspluatatsiya xususiyatlarini odob saqlagan holatda korrektsiya qilib berdi, u hozirda tovush tezligiga qadar va qisqa tezlashishga qodir boʻlgan qiruvchi hisoblanadi. Maxsus instruktsiya Harbiy dengiz kuchlari (F-35B) va Dengiz pexotasi (F-35C) modifikatsiyalari uchun 1,2 Maxga tezlikni olish uchun ruxsat berilgan soniyalar sonini belgilaydi. Maʼlum boʻlishicha, dizayndagi kamchiliklarni shu tarzda ham bartaraf etsa boʻlar ekan.
Istrebitel F-35 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Turkiyaga birinchi F-35 qiruvchi samolyotini topshirdi
Eslatib oʻtamiz, sal ilgariroq amerikaning beshinchi avlod qiruvchisi F-22 Raptorning yaratilishi muvaffaqiyatsiz, deya tan olingan edi. Ishonchsiz radioyutuvchi qoplama, metrli diapazonga ega radarlarda F-22ning koʻrinishi, 750 km radiusgacha harakat, seriyali mashinaning kosmik narxi ($350 mln) – 2009 yilda dastur reja qilingan qiruvchilarning 25%ni bajarganidan soʻng toʻxtatilishiga sabab boʻlgan edi. Jami 187ta qiruvchilar chiqarilgan, xolos. F-22 dasturining bu yashovchanlik qobiliyatini qaysidir maʼnoda oʻta qimmat turuvchi texnik xizmat koʻrsatilish ham nuqta qoʻyishiga sabab boʻlgan edi. AQSH hukumati Hisob palatasi maʼlumotlariga koʻra (GAO) 2020 yilning 29 noyabrida taqdim etilgan AQSH HHK bosh qiruvchisi beshinchi avlodga mansub boʻlgan F-22 Raptor – texnik xizmat koʻrsatishga boʻlgan favqulodda yuqori talablar va ekspluatatsiyaviy xarajatlar tufayli - oʻzgarishsiz jangovar tayyorgarlik jihatdan eng yomon samolyot boʻlib qolgan.
Agar tinch vaqtda ishchi holatida ushbu mashinalar parkining yarmi ahvoli shu boʻlsa, urushda nima boʻladi?
Eng soʻnggi F-35 Lightning II qiruvchisi bilan ham xuddi shu yoʻnalishda voqealar rivoji kuzatilmoqda. AQSH hukumati Hisob palatasi ilgariroq F-35ning texnik xizmat koʻrsatilishi juda muammoli ekani, Pentagonning F-35ni taʼmirlash boʻyicha imkoniyatlari esa grafikdan olti yilga ortda qolayotganini maʼlum qilgandi. Mudofaa vaziri oʻrinbosari Ellen Lord fikricha, harbiylar F-35 taʼminoti uchun sarf-harajatlarni koʻtara olmaydi: "Qurolli kuchlarning eng yangi va eng zamonaviy qiruvchi samolyotini saqlash keyingi yillarda eng jiddiy muammo boʻladi ... va, ehtimol, jangovar tayyorgarlikka putur yetkazishda davom etadi".
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala