AQSh vakillar palatasi Trampga impichment e’lon qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp na seremonii inauguratsii v Vashingtone
Prezident SShA Donald Tramp na seremonii inauguratsii v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kongressmenlar sudga "isonga da’vat qilish" to‘g‘risidagi moddani olib chiqqanlar. Hujjat prezidentga impichment e’lon qilishni va kelajakda unga biron bir saylanadigan lavozimni egallashini taqiqlashni talab qiladi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. AQSh vakillar palatasi amaldagi prezidentga impichment e’lon qilish masalasini ko‘rib chiqishga kirishdi.
AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp tarafdorlari Vashingtondagi Kongress binosi oldida. - Sputnik O‘zbekiston
Tramp tarafdorlari Kapitoliy binosini ishg‘ol qildi - foto
Kongressmenlar sudga "isonga da’vat qilish" to‘g‘risidagi moddani olib chiqqanlar. Hujjat prezidentga impichment e’lon qilishni va kelajakda unga biron bir saylanadigan lavozimni egallashini taqiqlashni talab qiladi. Tramp, shuningdek, "o‘ta og‘ir jinoyatlar va huquqbuzarliklar sodir etganlikda" ayblanmoqda.
Rezolyutsiyaga ko‘ra ovoz shu kunning o‘zida berilishi mumkin: kutilishicha, Demokratlar tomonidan boshqariladigan Kongress palatasi uni qabul qiladi.
Shundan so‘ng, ish Senatga yuboriladi, ammo u faqat 19-yanvarda - yangi prezident Jo Baydenning inauguratsiyasidan bir kun oldin ta’tildan chiqadi, shu bois, Trampning vakolat muddati tugashidan oldin to‘liq jarayonni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, ekspertlar prognoziga ko‘ra, yuqori palatada impichment ovozlarning uchdan ikki qismini olishi ham dargumon.
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: taslim bo‘lishga juda erta
Shularni inobatga olgan holda, Tramp prezidentlikdan ketganidan keyin unga impichment e’lon qilish ehtimoli muhokama qilinmoqda. Bu borada yakdil fikr yo‘q va Kongressdagi demokratlar hali o‘z pozitsiyasini aniq bildirmagan. Ular uchun voqeaning bunday tus olishi Trampni saylanadigan lavozimda ishlashiga to‘sqinlik qilish imkoniyatini bildiradi, bu esa uning 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etishiga yo‘lni yopadi.
6 yanvar kuni Donald Tramp Oq uy yaqinidagi mitingda tarafdorlarini "zaif respublikachilarga" saylov yakunlariga e’tiroz bildirishda yordam berish uchun Kapitoliyga borishga chaqirdi. Namoyishchilar to‘dasi Kapitoliyni qamal qilib, uning ichiga bostirib kirdi. Jo Baydenning prezident saylovlaridagi g‘alabasi tasdiqlanishi kerak bo‘lgan Kongressning qo‘shma sessiyasini to‘xtatib qo‘ydi. Kongress a’zolari xavfsiz joyga olib ketildi va ular u yerda bir necha soat bo‘lishlariga to‘g‘ri keldi. Namoyishlarda 5 kishi halok bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0