Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Endi maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni jinoyat ishlari boʻyicha sudlar koʻradi

Shavkat Mirziyoyev imzolagan qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. “Sud qarorlarini qayta koʻrish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlar endilikda jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻriladi.
Molotok sudi v Vaxitovskom rayonnom sude Kazani. - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi tahrirdagi "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonun - qanday oʻzgarishlar kutilmoqda?
Endilikda fuqarolar oʻz hisobidan maʼmuriy bayonnomaning koʻchirma nusxasini, shuningdek sud majlisining audio- yoki videoyozuvini olishga haqli.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qaror ustidan maʼmuriy bayonnomani tuzgan organ tomonidan ham shikoyat berilishi mumkin.
Maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni nazorat tartibida koʻrish bekor qilinib, apellyatsiya instantsiyasi joriy etildi.
Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi bilan bir qatorda ularning adolatsizligi ham sud hujjatini kassatsiya tartibida oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻlishi belgilandi.
Kassatsiya instantsiyasi sudi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni Oliy sud raisi, Bosh prokuror yoki ularning oʻrinbosarlari kiritgan protestga koʻra kassatsiya tartibida takroran koʻradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala