Xitoy BSST ekspertlarini Uxanda ish boshlashdan avval karantindan o‘tishga majbur etdi

© REUTERS / Aly SongPuteshestvenniki v ocheredi vozle jeleznodorojnoy stansii Xankou, Kitay
Puteshestvenniki v ocheredi vozle jeleznodorojnoy stansii Xankou, Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertlar guruhi tarkibidan Rossiya, Yaponiya, Qatar, AQSh, Germaniya, Vyetnam, Avstraliya, Niderland, Buyuk Britaniya va Daniya vakillari kirgan
TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. COVID-19  kelib chiqishini aniqlashtirish uchun Xitoyning Uxan shahriga yo‘l olayotgan Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotlari xalqaro ekspertlar bu uchun zarur bo‘lgan karantindan o‘tishadi, deb bayonot qildi chorshanba kuni Xitoy sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi rasmiy vakili Mi Fen.
Posetiteli tansuyut v nochnom klube v Uxane - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19 paydo bo‘lganidan so‘ng bir yil o‘tib Uxan qanday yashamoqda
"BSST xalqaro ekspertlar guruhi 14-yanvar kuni Uxanga yetib keladi. Epidemiyaga qarshi davlat tomonidan qabul qilingan profilaktik choralarga muvofiq, BSST xalqaro ekspertlari talab etiladigan karantindan o‘tadilar", - dedi matbuot-anjumani vaqtida Mi Fen.
Ayni vaqtda Xitoyda karantin ikki haftani tashkil etadi.
Mi Fen so‘zlariga ko‘ra, karantin vaqtida xitoylik ekspertlar va BSST ekspertlari videoaloqa orqali muloqot qiladilar.
"COVID-19ning kelib chiqishi – ilmiy masala, BSST boshqa mamlakatlar va mintaqalarda ham xuddi shunday tadqiqotlarni o‘tkazmog‘i lozim. Xitoy tomoni BSST va xalqaro ekspertlar bilan bu masalada bundan keyin ham yaqindan hamkorlik qiladi", - deb qo‘shimcha qildi amaldor.
Letuchiya mish  - Sputnik O‘zbekiston
Uxanlik virusolog koronavirusning yangi turlari haqida gapirdi
Oltinchi yanvar kuni BSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus Xitoy hukumati COVID-19 kelib chiqishi masalasini aniqlashtirish uchun ushbu mamlakatga yo‘l olgan BSST ekspertlari uchun zarur ruxsatnomalarni rasmiylashtirmaganligi haqida bayonot qilgan edi. Dushanba kuni XXR sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi BSST ekspertlar delegatsiyasi tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq Xitoyga 14-yanvar kuni yetib kelishini ma’lum qilgandi. BSST Xitoy hukumatining mamlakatga ekspertlar tashrifi haqidagi bayonotlarini olqishladi va COVID-19 kelib chiqishi masalasida yaqindan hamkorlik olib borishga umid bildirdi.
Ekspertlar guruhi tarkibidan Rossiya, Yaponiya, Qatar, AQSh, Germaniya, Vyetnam, Avstraliya, Niderland, Buyuk Britaniya va Daniya vakillari kirgan.
Yangiliklar lentasi
0