Dunyoda

“Qamoqdan prezidentlikka”: Sadir Japarovga oʻxshagan yetakchilar koʻp boʻlganmi?

© Sputnik / Fotobankka oʻtishPress-konferentsiya S. Japarova po itogam vыborov v Kirgizii
Press-konferentsiya S. Japarova po itogam vыborov v Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Sadir Japarov 10 yanvar kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida gʻolib boʻldi. U 16 nafar raqibni 80 foizga yaqin ovoz bilan ortda qoldirdi.
Ayrim dunyo yetakchilari siyosiy olimpga chiqishdan avval sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylarida boʻlishgan. Sputnik Qirgʻiziston bunday davlat rahbarlari roʻyxatini tuzdi.
Japarov siyosatga toʻgʻri jazoni oʻtash koloniyasidan qaytdi, unga odamlarni garovga olish ayblov qoʻyilgan. 4 oktyabrda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarining dastlabki natijalaridan noroziligi sababli boshlangan tartibsizliklar vaqtida tarafdorlar uni ozod qilishdi. Olti kun soʻng Japarov mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Besh kundan keyin u prezident Sooronbay Jeenbekovni isteʼfoga chiqishga majbur qildi va oʻzi davlat rahbari vazifasini bajarishga kirishdi.
"Qamoq orqali" hokimiyatga kelgan boshqa davlatlarning rahbarlari:

Fidel Kastro

Kubalik inqilobchi va davlat arbobi 1953 yilda Santyago-de-Kuba shahridagi Monkadadagi harbiy kazarmaga bostirib kirishga muvaffaqiyatsiz urinishidan soʻng qamoqxonaga tushadi. Aynan oʻshanda birinchi marta "Ozodlik yoki oʻlim!" degan mashhur shior yangradi.
© Sputnik / Vasiliy Malыshev / Fotobankka oʻtishFidel Kastro v natsionalnoy uzbekskoy odejde vыstupayet na mitinge v kolxoze "Kzыl.
Fidel Kastro v natsionalnoy uzbekskoy odejde vыstupayet na mitinge v kolxoze Kzыl. - Sputnik Oʻzbekiston
Inqilobiy harakat shafqatsizlarcha bostirildi, Fidel Kastroni harbiy tribunal sud qildi. U 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi, ammo 1955 yil may oyida jamoatchilik fikri bosimi ostida isyonchi amnistiya qilindi. Shu yili u Meksikaga ketdi.
Kastro davri 1959 yilda Kubada inqilob gʻalaba qozonganidan va Fulxensio Batista diktaturasi agʻdarilgandan soʻng boshlangan. Yanvar oyida Kastro armiya qoʻmondonligini oʻz zimmasiga oldi, fevralda esa hukumat boshligʻi lavozimini egalladi. U mamlakatni deyarli ellik yil - 2008 yilgacha boshqardi. Soʻnggi yillarda u davlatni boshqarishdan nafaqaga chiqdi va hokimiyatni isyonchilar armiyasida jang qilgan ukasi Raulga topshirdi.

Iosip Broz Tito

Bolqonning eng taniqli siyosatchilaridan biri Iosip Broz Tito davlat rahbari boʻlishidan oldin ikki marta qamoqqa olingan. Bu birinchi martada Birinchi jahon urushi paytida yuz bergan, oʻsha vaqtda u Avstriya-Vengriya imperatorlik armiyasi tarkibiga jalb qilingan. Tito nima uchun hibsga olinganligi haqida aniq maʼlumot yoʻq. Bir versiyaga koʻra, u isyonga daʼvat qilgani uchun hibsga olingan, boshqasiga koʻra esa u ruslar tomon qochmoqchi boʻlgan. Nima boʻlganidan qatʼiy nazar, u tez orada toʻliq oqlandi.
© AFPIosip Broz Tito
Iosip Broz Tito - Sputnik Oʻzbekiston
1928 yilda ikkinchi marta hibsga olindi, oʻshanda Tito besh yil ogʻir mehnatga hukm qilingan. U 1934 yil mart oyida ozod qilingan. Keyinchalik u Yugoslaviya Kommunistik partiyasining rahbarlaridan biriga aylandi. 1948 yilda u bosh vazir va tashqi ishlar vaziri boʻldi va 1953 yilda Tito prezident etib saylandi. U bu lavozimni umrining oxirigacha - 1980 yil mayigacha egallagan.

Vatslav Gavel

1989 yil 29 dekabrda Chexoslovakiyada hukumat tepasiga sotsialistik tuzumni taniqli tanqidchisi, dramaturg Vatslav Gavel keldi. Aslida hech qanday siyosiy tajribaga ega boʻlmagan odam post-kommunistik Chexoslovakiyaning birinchi prezidenti boʻldi va u qulaganidan keyin Chexiya Respublikasining birinchi prezidenti boʻldi.
© Sputnik / Boris Prixodko / Fotobankka oʻtishVatslav Gavel
Vatslav Gavel - Sputnik Oʻzbekiston
Hokimiyatga kelishdan oldin u bir necha bor hibsga olingan. Birinchi marta 1977 yilda davlat xizmatchisiga tajovuz qilganlikda ayblanib, hibsga olinda. Gavel bir necha oy qamoqda oʻtirdi, soʻngra ish toʻxtatildi. 1979 yilda u yana - davlat toʻntarishiga urinish uchun hibsga olingan va 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Keyinchalik Gavel soxta ayblovlar bilan yana ikkita qamoq jazosini oldi. Nihoyat, u prezident etib saylanishidan olti oy oldin ozodlikka chiqqarilgan.

Ugo Chaves

Qattiqqoʻl va xarizmatik Venesuela yetakchisi Ugo Chaves 1992 yil boshida prezident Karlos Andres Peresni hokimiyatdan agʻdarishga urinish muvaffaqiyatsiz tugagandan soʻng qamoqqa tushdi. Polkovnik Chaves hukumatga taslim boʻlishidan oldin, uning yashirin harakati tomonidan uyushtirilgan davlat toʻntarishiga urinish 18 kishining umriga zomin boʻldi va 60 kishi jarohatlandi.
© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishUgo Chaves
Ugo Chaves - Sputnik Oʻzbekiston
Boʻlajak prezident ikki yilni qamoqda oʻtkazdi,  keyinchalik "Beshinchi respublika uchun harakat" partiyasini tuzdi. Chaves hukumatni kuch bilan agʻdarish tarafdori edi, ammo u taktikasini oʻzgartirib, 1998 yilda boʻlib oʻtadigan prezident saylovlariga nomzodini qoʻydi. Natijada u 56 foiz ovoz toʻplab, tinch yoʻl bilan hokimiyat tepasiga keldi. Keyinchalik Chaves uch marta - 2000, 2006 va 2012 yillarda qayta saylandi.

Nelson Mandela

Aparteid rejimiga qarshi afsonaviy kurashchi Janubiy Afrikaning birinchi qora tanli prezidenti boʻlishidan oldin 27 yil qamoqda oʻtkazdi.
© AP Photo / Theana CalitzNelson Mandela
Nelson Mandela - Sputnik Oʻzbekiston
U birinchi marta 1956 yilda hibsga olindi. Mandela va 156 Afrika milliy kongressi faollari davlatga xiyonat qilishda ayblandi, ammo toʻrt yillik sud jarayonida unga qoʻyilgan ayblovlar bekor qilindi.
Koʻp oʻtmay Mandela yana hibsga olindi - sabotaj va hukumatni zoʻravonlik bilan agʻdarishga urinishda ayblandi. 1964 yilda u umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. U 27 yilning oʻn yetti yilini bir kishilik kamerada oʻtkazdi, u yerda olti oy davomida faqat bitta tashrif va bitta xat olish huquqiga ega edi. Mandela eslashicha, kiruvchi xatlar koʻpincha qamoqxona tsenzurasidan oʻtmagan. Qamoq paytida u London Universitetida sirtdan tahsil oldi va huquqshunoslik bakalavr darajasiga ega boʻlgan.
U faqat 1990 yilda, Janubiy Afrikaning yangi yetakchisi davrida ozod qilindi. Toʻrt yil oʻtib, Mandela prezidentlik saylovlarida gʻolib chiqdi va 1999 yilgacha ushbu lavozimni egalladi. 1993 yilda u "aparteid rejimini tinch yoʻl bilan tugatishda ish olib borgani va Janubiy Afrikada yangi demokratiya uchun zamin yaratgani uchun" Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala