Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus qurbonlari soni 618 nafarga yetdi

Mamlakatda oʻtgan kunda davomida yana 53 kishida koronavirus aniqlandi va bir bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 618 nafarga yetdi.
TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻtgan kun davomida yana 53 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 77 716 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Izobrajeniye koronavirusa na stene - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbekiston va Rossiya olimlari koronavirusni yoʻq qiladigan yangi usulni aniqlashdi
Yangi kasallanganlarning 7 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Buxoro viloyatida, 1 nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Navoiy viloyatida, 4 nafari Namangan viloyatida, 5 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Surxondaryo viloyatida, 7 nafari Fargʻona viloyatida, 3 nafari Xorazm viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida, 6 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 618 nafarga yetdi.
Mamlakatda 76 197 bemor koronavirusdan forigʻ boʻlgan. Sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 901 nafar bemordan 158 nafari ogʻir, 32 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala