Rossiya

“Koronavirus+gripp”: Rossiyada birlashgan vaktsina yaratilmoqda

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishProizvodstvo vaktsinы protiv COVID-19 "Sputnik V"
Proizvodstvo vaktsinы protiv COVID-19 Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada bir vaqtning oʻzida gripp va koronavirusdan himoya qiladigan vaktsina kelasi yilning oxirida paydo boʻlishi mumkin.
TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Bir vaqtning oʻzida gripp va koronavirusdan himoya qiladigan kombinatsiyalangan vaktsina kelasi yilning oxiriga kelib paydo boʻlishi mumkin. Bu haqda Gamaleya milliy markazi direktori Aleksandr Gintsburg RIA Novostiga maʼlum qildi.
Jenщinы obщayutsya mejdu soboy so svoix balkonov v Barselone - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Pandemiyaning ikkinchi yili yanada ogʻirroq boʻlishi mumkin - BSST
Olimning soʻzlariga koʻra, bunday profilaktik preparatlarni yaratish texnologiyasi allaqachon ishlab chiqilgan: hozir uni gripp virusining turli xil variantlari va COVID-19 qoʻzgʻatuvchisi uchun moslashtirilmoqda.
"Biz hozirda mavjud boʻlgan shtammlar ustida ishlayapmiz, soʻngra aktual shtammlarni qoʻshishni rejalashtirmoqdamiz. <...> Klinik sinovlarni kelasi yilning boshida boshlaymiz", - dedi Gintsburg.
Bundan avval “Vektor” davlat ilmiy markazi bosh direktori Rinat Maksyutov ham SARS-CoV-2 koronavirusi va grippidan himoya qiladigan vaktsina yaratilishi haqida aytgandi. Noyabr oyining boshlarida uning hayvonlarda sinovlari boshlandi, preparat oʻz samaradorligini koʻrsatdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala