“Koronavirus+gripp”: Rossiyada birlashgan vaksina yaratilmoqda

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishProizvodstvo vaksini protiv COVID-19 "Sputnik V"
Proizvodstvo vaksini protiv COVID-19 Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada bir vaqtning o‘zida gripp va koronavirusdan himoya qiladigan vaksina kelasi yilning oxirida paydo bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Bir vaqtning o‘zida gripp va koronavirusdan himoya qiladigan kombinatsiyalangan vaksina kelasi yilning oxiriga kelib paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gamaleya milliy markazi direktori Aleksandr Ginsburg RIA Novostiga ma’lum qildi.
Jenshini obshayutsya mejdu soboy so svoix balkonov v Barselone - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiyaning ikkinchi yili yanada og‘irroq bo‘lishi mumkin - BSST
Olimning so‘zlariga ko‘ra, bunday profilaktik preparatlarni yaratish texnologiyasi allaqachon ishlab chiqilgan: hozir uni gripp virusining turli xil variantlari va COVID-19 qo‘zg‘atuvchisi uchun moslashtirilmoqda.
"Biz hozirda mavjud bo‘lgan shtammlar ustida ishlayapmiz, so‘ngra aktual shtammlarni qo‘shishni rejalashtirmoqdamiz. <...> Klinik sinovlarni kelasi yilning boshida boshlaymiz", - dedi Ginsburg.
Bundan avval “Vektor” davlat ilmiy markazi bosh direktori Rinat Maksutov ham SARS-CoV-2 koronavirusi va grippidan himoya qiladigan vaksina yaratilishi haqida aytgandi. Noyabr oyining boshlarida uning hayvonlarda sinovlari boshlandi, preparat o‘z samaradorligini ko‘rsatdi.
Yangiliklar lentasi
0