Migratsiya

Mehnat migrantlari onlayn ravishda moddiy yordam olishlari mumkin

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPosetiteli v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre
Posetiteli v mnogofunktsionalnom migratsionnom tsentre - Sputnik Oʻzbekiston
Moddiy yordamga muhtoj boʻlgan mehnat migrantlariga bir martalik yordam koʻrsatiladi. Buning uchun onlayn murojaat qilish kifoya.
TOSHKENT, 14 yanv – Sputnik. Ayni damda xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar bir martalik yordam olish uchun internet orqali murojaat qilishlari mumkin, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi  xabariga asosan.
"Zarur oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalari sotib olish uchun" Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari (42 AQSH dollari) miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish tizimi mavjud”, - deyilgan xabarda.
Moddiy yordamga extiyoji boʻlgan fuqarolar www.birgamiz.com sayti orqali pasport maʼlumotlari  va mehnat migrantligini tasdiqlovchi hujjatlarni yuklashi kerak boʻladi.
Xabarda aytilishiga koʻra, ayni damda 2017 nafar fuqaro ushbu yordamni olish uchun murojaat qilgan va ulardan 1952 nafariga yordam koʻrsatilgan.
Ushbu yordam tizimi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan tashkil qilingan. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala