Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘zgardi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining sobiq rahbari Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektori etib tayinlandi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Abduqodir Toshqulov O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi. Prezident tegishli farmonga imzo chekdi, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.
Zasedanie Senata Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Deputatlar ikki vazirlik yangi rahbarlari nomzodlarini ma’qulladi
Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Toshqulovning nomzodi ushbu lavozimga tasdiqlangan edi. U hozirga qadar Termiz davlat universiteti rektori vazifasini bajarib kelayotgan edi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, O‘ktam Salomov Farg‘ona politexnika instituti rektori, Avazjon Marahimov Termiz davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Yangiliklar lentasi
0