Dunyoda

Overchuk: YEOII Oʻzbekistonning ittifoqqa qoʻshilishiga umid qilmoqda

© Sputnik / Asatur YesayantsFlagi stran uchastnits YEAES, arxivnoye foto
Flagi stran uchastnits YEAES, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya hukumati raisining oʻrinbosari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) kelajakda Oʻzbekistonda ittifoqqa qoʻshilishiga umid bildirdi.
TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Rossiya hukumati raisining oʻrinbosari Aleksey Overchuk Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) kelajakda Oʻzbekiston ittifoqqa qoʻshilishiga umid bildirmoqda.
“Oʻzbekistonning ittifoqda aʼzolikka nisbatan voqealari qanday rivojlanishidan qatʼi nazar, biz Oʻzbekistonni ittifoq aʼzosi sifatida koʻrishga umid qilamiz, va mamlakatlarimiz unga bunda yordam beradi”, - dedi Overchuk Gaydar forumidagi chiqishi davomida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Shavkat Mirziyoyev obsudil byudjet na 2021 god - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
YEOII bilan koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratamiz - Mirziyoyev
Overchukning taʼkidlashicha, respublika bilan iqtisodiy tizimlarning yaqinlashishi har qanday holatda roʻy beradi, chunki Rossiya hamisha Oʻzbekiston uchun savdoning eng yirik bozori boʻlib qoladi.
Uning soʻzlariga koʻra, ikki tomonlama oʻzaro tovar ayirboshlash pandemiyaga qaramasdan izchil oʻsib bormoqda. Rossiyada Oʻzbekiston mahsulotlarini mahalliy bozorlarga chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 11 dekabr kuni Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)da kuzatuvchi maqomini oldi. Kuzatuvchi maqomi mamlakatga majlislarda ishtirok etish, millatlararo tartibga solishning integratsiyalashuv muammolarini muhokama qilish huquqini beradi. Kuzatuvchi mamlakatlar qaror qabul qilish huquqiga ega emasligiga qaramay, Yevrosiyo ittifoqi hamkor mamlakatlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala