Dunyoda

Pandemiyaning ikkinchi yili yanada ogʻirroq boʻlishi mumkin - BSST

© Sputnik / Jordy Boixareu / Fotobankka oʻtishJenщinы obщayutsya mejdu soboy so svoix balkonov v Barselone
Jenщinы obщayutsya mejdu soboy so svoix balkonov v Barselone - Sputnik Oʻzbekiston
Sovuq havo, odamlarning bir bino ichida toʻplanishi va koronavirusning yangi shtammlari paydo boʻlishi - pandemiya ogʻirlashishiga sabab boʻlmoqda. 
TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Koronavirus pandemiyasining ikkinchi yili yanada ogʻirroq boʻlishi mumkin, deb xabar qilmoqda Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar boʻyicha direktori Maykl Rayan.
"Biz pandemiyaning ikkinchi yiliga kirib kelmoqdamiz va u oʻtgan yilgan qaraganda ogʻirroq boʻlishi mumkin, chunki koronavirus tarqalish surʼati oʻsmoqda va boshqa muammolar ham paydo boʻlmoqda", — dedi Rayan.
BSST vakilining soʻzlariga koʻra, soʻnggi hafta davomida tashkilotga kelib tushayotga maʼlumotlar kasallik yana choʻqqisiga chiqayotganini koʻrsatmoqda. 
Rayan aytishiga qaraganda shimoliy yarim sharda va Shimoliy Amerikada "ideal shtorm" kuzatilmoqda. Ushbu hududlarda pandemiya ogʻirlashishiga sovuq havo, odamlarning bir bino ichida toʻplanishi va koronavirusning yangi shtammlari paydo boʻlishi sabab boʻlgan. 
BSST xabariga koʻra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 90 milliondan oshib ketgan. 2 million kishi vafot etgan. Oʻtgan sutka davomida 546 016 ming kishida virus aniqlangan va 9884 kishi vafot etgan. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala