AQSh yana "Shimoliy oqim - 2" masalasiga kirishdi

© Nord Stream 2 / Mediabankka o‘tishSudno-truboukladchik Solitaire i sudno snabjeniya Fortitude
Sudno-truboukladchik Solitaire i sudno snabjeniya Fortitude - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropada esa bu borada ehtiroslar tobora avj olmoqda: nemislar sanksiyalardan himoyalanish uchun jamg‘arma tayyorlayotgan bir vaqtda britaniyaliklar amerikaliklarga ergashish niyatida, shvedlar esa "gaz urushi" avj olishidan havotirga tushgan.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik, Natalya Dembinskaya. "Shimoliy oqim - 2" qurilishida ishtirok etgan Daniyaning Ramboll kompaniyasini Vashington sanksiyalari qo‘rqitib yubordi, deb xabar bermoqda OAV. Chindan ham, 1-yanvardan AQSh ushbu loyihaga aloqadorlarga nisbatan choralarni kuchaytirdi. Ammo qurilish davom etmoqda. Yevropada esa bu borada shov-shuvlar tobora avj olmoqda: nemislar sanksiyalardan muhofazalanish uchun jamg‘armani tayyorlashayotgan bir vaqtda britaniyaliklar amerikaliklarga ergashish niyatida, shvedlar esa "gaz urushi" avj olishidan havotirlanmoqda.
Logotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik O‘zbekiston
“Shimoliy oqim-2” o‘z marrasiga yaqin qoldi
Oxir-oqibat gaz quvuri taqdiri ne kechadi - RIA Novosti materialida o‘qing.

Eski ishga kirishdi

"Shimoliy oqim - 2"ning xorijdagi quruqlikdan o‘tuvchi qismi muvaffaqiyatli qurib bitkazildi. Ayni vaqtda Germaniya suvlarida quvurlar o‘tkazilmoqda, keyin Daniyaga o‘tiladi. Loyiha yakuni yaqinlashmoqda. Ammo Vashington buni tan olishdan bosh tortapti. 1-yanvardan Qo‘shma Shtatlarda mudofaa budjeti to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirgan, hujjat Rossiya gazquvuriga qarshi qo‘shimcha sanksiyalarni o‘z ichiga olgan.
Gap, xususan, testdan o‘tkazish, inspeksiya qilish yoki sertifikatlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar haqida bormoqda. Norvegiyaning DNV GL kompaniyasi gaz quvurini tekshirish bo‘yicha barcha harakatlarni to‘xtatayotganini va quvurni sertifikatlay olmasligini ma’lum qildi.
Trubi dlya stroitelstva gazoprovoda Nord Stream 2 v portu Mukran, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston
“Shimoliy oqim-2” quvurlarini yotqizish uchun kema ish joyiga yaqinlashdi
Sal avval AQSh senatidagi respublikachilar ko‘pchiligi yetakchisi Mitch Makkonnell, mudofaa budjeti to‘g‘risidagi qonun davlat xavfsizligi va "Xitoy va Rossiya singari raqib-sverxderjavalarni tiyib turish" uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan edi.
Ushbu hujjat AQShning "dengizda, havoda, kibermaydonda va kosmosda ustuvorligini" mustahkamlaydi.
"Gazprom" hozirda 150 kilometrlik quvurlarni yotqizsa bo‘ldi: Daniyada - 120 kilometr, Germaniyada - 30dan sal ortiq. Gazquvuri 94%ga tayyor bo‘lgan.
Va Vashingtonning Yevropaning eng yirik beshta energetik kompaniyalari tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning yakunishiga halal berishga bo‘lgan urinishlariga qaramay, 11-yanvar kuni - oradan bir yil o‘tib Germaniya hududiy suvlarida ishlar qayta tiklandi. 15-yanvardan quvurlar Daniya qirg‘oqlarida yotqizila boshlaydi.
Rotonda Kapitoliya v Vashingtone, - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Kongressi "Shimoliy oqim-2"ga qarshi yangi sanksiyalarni tasdiqladi
"Fortuna" quvur yotqizgichiga Rossiya dengiz qutqaruvi xizmatining "Murman" va "Baltiq tadqiqotchisi", shuningdek, boshqa ta’minot kemalari yordam beradi. Dengizda quvur o‘tkazilayotgan chiziqning har ikkala tomoni bo‘yicha 200 metr enlilikda vaqtinchalik ta’qiq zonasi yaratiladi.
"Gazprom eksport" bosh direktori Yelena Burmistrovaning sal oldin aniqlik kiritishicha, dengiz uchastkasi qurilishining yakuniy muddati qator holatlarga, jumladan, ob-havoga ham bog‘liq.

Himoya mexanizmi

AQSh esa bu orada yana Vashington fikri bo‘yicha Rossiyaga "Shimoliy oqim -2" qurilishida yordam berayotgan Yevropa kompaniyalariga tahdid qilishga kirishdi.
"Biz ularni, juda kech bo‘lmasidan turib xatarlar haqida ogohlantirishga va hamkorlik qilishdan bosh tortishga chaqirishga harakat qilyapmiz", — deya iqtibos keltirgan Reuters Davlat departamentidagi manbaga tayangan holda. Ushbu agentlik taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Oq uy yaqin kunlarda nomaqbul bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatini e’lon qilishi kutilmoqda.
Truboukladochnoe sudno Soliter - Sputnik O‘zbekiston
“Shimoliy oqim – 2” uchun hal qiluvchi jang boshlandi
Rossiya TIV esa: Vashington "Gazprom"ning g‘arbiy yevropalik sheriklariga qanchalik bosim o‘tkazmasin, Moskva "Shimoliy oqim - 2" muvaffaqiyatida shubhalanmaydi, deya ta’kidlab kelmoqda.
Germaniyada "Shimoliy oqim -2"ni iqtisodiy loyiha, deb hisoblashda davom etishmoqda va AQShning eksterritorial sanksiyalarini qabul qila olishmayapti. GFR vazirlar mahkamasi rasmiy vakilining o‘rinbosari Ulrike Demmer yaqinda shu haqda eslatib o‘tdi. Bundan tashqari, yanvar oyining boshida Germaniyadagi Meklenburg federal yerlari parlamenti - Old Pomeraniya hududiy hukumatning "Iqlim va atrof muhim muhofazasi MV" fondi tashkil etilishi tashabbusini ko‘pchilik ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi. Bu fondni amerika sanksiyalarini aylanib o‘tish uchun o‘ylab topishgan. Uning yordamida tashkilot qurilish uchun zarur bo‘lgan uskunalarni xarid qila olishi mumkin. Qolaversa, birinchi galda quvuro‘tkazgichni ekologiya uchun juda muhim, deya tan oladi.
Germaniyaning Bild nashri aniqlik kiritishiga ko‘ra, bu "Shimoliy oqim - 2"ni atrof-muhit muhofazasida prinsipial element sifatida tasniflash imkonini beradi.
Logotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik O‘zbekiston
Baydendan “Shimoliy oqim-2” borasida nimalarni kutish mumkin?
Jamg‘arma faqat va faqat ShO-2 bilan shug‘ullanuvchi tijorat korxonasini ro‘yxatga olish niyatida. Sanksiyalar tahdid qilayotgan kompaniyalar Rossiya tomoni bilan ushbu korxona tomonidan taqdim etiladigan iqtisodiy instrumentlar vositasida hamkorlik qilishadi.

Vaqtni boy berishadi

Nemislar o‘zlarini sanksiyalardan xavfsizlantirishga ulgurishadimi? Kuzatuvchilar fikri turlicha yangramoqda. Bir tomondan Vashington harakatlarini yo‘qqa chiqarish uchun yetarli bo‘lgan investitsiya va vakolatlarga ega bo‘ldi, deb qayd etadi TMT kompaniyasi rahbari Daniil Rostovsev.
"Ammo fond bilan bog‘liq tashabbus jamoatchilik, ayniqsa, "yashillar" orasida norozilikni yuzaga keltirdi. Ekologlar fikricha, ular "yashil" emas, balki atrof-muhitga o‘ta xavfli, deb hisoblaydigan bunday loyihaga ko‘mak berishni axloqqa zid va g‘azablantiruvchi, deb hisoblashadi", — deya ishora qiladi analitik. Endilikda hammasi ShO-2 tarafdorlari jamoatchilik bilan kelisha oladimi-yo‘qmi, shunga bog‘liq.
AQSh Shimoliy oqim - 2ga qarshi koalitsiya tuzadi: bu qurilishni to‘xtatadimi? - Sputnik O‘zbekiston
AQSh "Shimoliy oqim - 2"ga qarshi koalitsiya tuzadi: bu qurilishni to‘xtatadimi?
Shu bilan birga, mustaqil sanoat eksperti Leonid Xazanov, Berlik har qanday holatda ham Vashingtonga yon bosmaydi: Germaniya Rossiyaning Amerika SPGsiga qaraganda ancha arzon turuvchi moviy yoqilg‘isiga muhtoj.
Bundan tashqari, Rossiya bilan iqtisodiy munosabatlarni saqlab qolish ham undan-da zarur: bu bozor - nemis kompaniyalari uchun strategik ahamiyat kasb etadi.
"Albatta, fond ham sanksiyalar ta’sirida qoladi, ammo ular samara bermaydi. Loyiha pudratchilariga qarshi esa yangi qonun loyihasini tayyorlash, uni kongressdan o‘tkazish, unga prezident imzo chekishini kutishga to‘g‘ri keladi. Bu esa yarim yilgacha vaqtni olishi mumkin, bu oraliqda "Shimoliy oqim- 2" qurib bitkaziladi", - deya fikr bildiradi ekspert.
Ammo bu ekspluatatsiyaga kiritish bosqichida - aynan AQSh Mudofaa budjetiga tikilgan sanksiyalar tufayli muammolar yuzaga kelishini istisno etmaydi.

Qo‘rquv va nafrat

Inglizlar amerikaliklar hatti-harakati ortidan ergashmoqchi. Britaniyalik parlamentariy-konservator Deniyel Kochinskiy ta’kidlaganidek, Rossiya gaz-quvuri - NATO mamlakatlari hududlarida joylashgan barcha gaz va neft tarmoqlarini aylanib o‘tgan holda "to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiyaga olib borishi bilan ham o‘ta xavfli". Uning so‘zlariga ko‘ra, britaniyaliklarni bundan buyog‘iga Yevropa Ittifoqiga a’zolik tiyib turolmaydi, shunday ekan, "amerikalik do‘stlarga ergashish va "Shimoliy oqim - 2"ga jalb qilingan har qanday kompaniyaga nisbatan sanksiyalarni joriy etish lozim.
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston
Yevropaning 24 ta davlati “Shimoliy oqim-2”ga qarshi AQSh sanksiyalariga e’tiroz bildirdi
Bu orada Shvetsiyada Jo Bayden prezidentligi gaz quvuri tufayli mamlakat yaqinida "gaz urushi"ni boshlab berishidan havotirlanmoqda. Svenska Dagbladet ta’kidiga ko‘ra, amerikalik demokrat "o‘z raqibiga nisbatan, Donald Trampga qaraganda hatto anchayin qattiqqo‘l". Skandinaviya qirolligi uchun esa masala allaqachon hal etilgan: hukumat shved iqtisodiy zonasi orqali quvurlar yotqizilishi loyihasini ma’qulladi.
Bayden prezidentligining "Gazsprom" uchun salbiy omillaridan biri sifatida uning yashil yo‘nalish, deb nom olgan energetika siyosatini aytishadi. Demokratlar 2035-yilda ekologik toza energetikaga o‘tish uchun ikki trillion dollar sarflashni rejalashtirgan. 2050-yilda esa atmosferaga tashlanishlar - nol darajaga erishilish ko‘zlangan. Ammo yashil energetika ham Rossiyaga juda qo‘l keladi: "Shimoliy oqim — 2" orqali nafaqat tabiiy gaz, balki vodorodni ham o‘tkazish mumkin.
Yevropada esa vodorod yoqilg‘isiga bo‘lgan talab juda yuqori.
AQShning o‘zida Oq uy "oqimga" va’da qilgan barcha narsalarning amalga oshirilishiga gumon bilan qaraladi. Virginiya shtatidan sobiq senator Richard Blekning ishontirishiga qaraganda, Bayden qurilish yakuni borasida Moskva bilan imi-jimida kelishib olishni ma’qul ko‘radi. Buning evaziga esa Vashington uchun qandaydir manfaatlarni savdolashib olishga urinadi.
Yangiliklar lentasi
0