Tojikistondagi Qayroqqum suv ombori buzilmagan - FVV

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishKayrakkumskoe vodoxranilishe. Arxivnoe foto
Kayrakkumskoe vodoxranilishe. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Tojikistondagi favqulodda vaziyatlarga mas’ul idoradan olingan aniq ma’lumotlarga ko‘ra, Qayroqqum suv ombori buzilmagan va normal holatda ishlamoqda.
TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tojikistonda joylashgan Qayroqqum suv ombori buzilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Vazirlik rasmiy bayonoti idoraning telegramdagi sahifasida joylashtirilgan.
Sarezskoe ozero v gorax Pamira. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Ekologlar: Tojikistonning Sarez ko‘li to‘rtta davlatga xavf solmoqda
"2021 yil 14-yanvar kuni kechqurun ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shni Tojikiston hududida joylashgan Qayroqqum suv ombori buzilib ketganligi haqida ma’lumot tarqaldi. Ushbu ma’lumot yolg‘on va hech qanday asosga ega emas", - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Tojikistondagi favqulodda vaziyatlarga mas’ul idoradan olingan aniq ma’lumotlarga ko‘ra, Qayroqqum suv ombori buzilmagan va normal holatda ishlamoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirib qolgan.
O‘z navbatida ushbu mish-mishlarga O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligi ham rasmiy munosabat bildirgan va tarqalgan xabarlarni "yolg‘on", deya baholagan.
"Bahri tojik" suv omboridagi gidroelektr stansiyasi direktori Fayzulla Azizovning ma’lum qilishicha, suv omborida hech qanday muammo yo‘q, barcha inshootlar texnik soz holatda. Gidroelektr stansiyasidagi agregatlar odatdagi tartibda ishlab turibdi. Barcha inshootlarning xavfsizligi nazoratga olingan. Suv ombori atrofidagi hududlarda yashovchi aholi sarosimaga tushib, xavfsiz hududlarga ko‘chib o‘tayotgani haqidagi xabarlar ham asossiz", - deyiladi O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligi bayonotida.
Yangiliklar lentasi
0