Dunyoda

Norvegiyada koronavirusga qarshi vaktsinatsiyadan soʻng oʻlim darajasi keskin oshdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik v sanitarnom shlyuze
Meditsinskiy rabotnik v sanitarnom shlyuze - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsinatsiyadan keyin 20 kishi vafot etgan Yevropa mamlakati qaysiligi maʼlum boʻldi
TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Norvegiyada 23 kishi koronavirusga qarshi vaktsinatsiyadan oʻtgach, hayotdan koʻz yumishdi. Bu haqda mamlakat dorivor vositalari agentligi bosh vrachi Sigurd Xortem maʼlum qildi.
Putin soobщil o blijayshey regictratsii tretyey rossiyskoy vaktsinы ot COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin Rossiya vaktsinasini dunyodagi eng yaxshi preparat deb atadi
Uning taʼkidlashicha, ayni vaqtda mutaxassislar vaktsinadan soʻng yuz bergan 23ta oʻlim holatlarining 13tasida tadqiqot olib borishmoqda.
Xortemning soʻzlariga koʻra, eslanganlarning aksariyati keksa yoshda boʻlgan.
Sogʻliqlarining zaifligi tufayli ular koronavirusga qarshi vaktsinatsiyadan soʻng kuzatiladigan salbiy taʼsirlarni koʻtara olmagan boʻlishlari mumkin.
"Vaktsina tufayli yuzaga keladigan belgilar, xususan, temperatura va koʻngil aynishi, sogʻligʻi zaif boʻlgan katta yoshdagi alohida kishilarning oʻlimiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin", - deb taʼkidladi Xortem.
“Sputnik V” Afrikaga etib bordi. Nima uchun Rossiya vaktsinasiga ishonishmoqda? - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya
“Sputnik V”: Nima uchun Rossiya vaktsinasiga ishonch bildirishmoqda? - video
Norvegiyada ommaviy vaktsinatsiya 2020 yilning 27 dekabrida boshlangan. Emlash amerikaning Pfizer preparati yordamida amalga oshirilmoqda. Hafta boshida mamlakatga yana bir amerika vaktsinasi - Moderna olib kelindi.
Eslatib oʻtamiz, sal oldin koronavirusga qarshi vaktsinalashdan soʻng oʻlim holati yuz bergani toʻgʻrisida Polsha hukumati ham bayonot bergan edi. Ayni vaqtda mamlakatda COVID-19 ga qarshi emlanganlar orasida bitta oʻlim holati va 37taga yaqin salbiy taʼsirlar qayd etilgan.
Aniqlik kiritilishicha, Polshada ham emlash Pfizer va Moderna preparatlari bilan amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala