"Ular jurnalist emas" - Latviyada jurnalistlar bosim ostida

Obuna bo‘lish
Latviyada Rossiya nuqtayi nazarini yoqlab yozgan jurnalistlarga bosim o‘tkazilmoqda, Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatda inson huquqlari, so‘z erkinligi, demokratiya degan tushunchalar qayda qoldi?
TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. Latviyalik jurnalist Alla Berezovskaya aytishiga ko‘ra, yaqinda uning uyida sudya qaroriga asosan tintuv o‘tkazilgan va barcha kompyuter texnikasi va axborot tashuvchi vositalar olib qo‘yilgan.
Bugun Latviya hukumati, bizni Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga nisbatan qabul qilingan sanksiyalar ostiga kiritishga urinmoqda (bizga hech qanday aloqasi bo‘lmasa ham), - deydi Berezovskaya.
Ministerstvo inostrannix del Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Bayramingiz bilan "nomaqbul" Rossiya matbuotchilari! – TIV
Rossiya rasmiy OAVlariga nisbatan bosim kuchaytirilmoqda. Ular go‘yoki butun dunyoga qarata “bular jurnalist emas, bular propagandistlar” demoqchi. Ya’ni, ularning fikricha, gap Rossiya jurnalistlari haqida ketganda, so‘z erkinligi, demokratiya, inson huquqlari degan tushunchalar go‘yoki ularga tegishli emas .
Vaholanki, deputatlar yoki boshqa davlat arboblari tomonidan rus millatiga mansub kishilarni kamsitish, genotsid va natsizmni oqlash holatlarida biz sudga murojaat qilsak,  ular bizga - bu yerda jinoyat tarkibi yo‘q, bu so‘z erinligi deb javob berishadi.  
Baltnews nashri “Rossiya Segodnya” agentligi tomonidan sotib olinganidan so‘ng, hech qanday qonunbuzarlik sodir etilmagan bo‘lsa ham u yerda ishlaydigan jurnalistlar ta’qib qilina boshlandi.
Men Latviyada rus tilida ta’lim berishni saqlab qolish tarafdoriman, natsizmni oqlashga bo‘layotgan urinishlarni tanqid qilaman. Ko‘p hollarda hozir bosim ostida qolgan Rossiya pozitsiyasi tarafdori bo‘lgan jurnalistlarni ham yoqlab  ko‘p maqolalar yozganman, - deydi Berezovskaya.
Aytish joizki latviyalik jurnalistlardan birotasi ham bizning yonimizni olayotgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 13-yanvar kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rossiyalik matbuotchilarni kasb bayrami bilan tabriklar ekan, bugungi kunda dunyoda Rossiya nuqtayi nazarni yoqlab yozayotgan jurnalistlarga nisbatan qattiq bosim o‘tkazilayotganini aytib o‘tgan edi. Eng achinarli vaziyat Ukrainada bo‘lib, u yerda bir necha jurnalist qurbon bo‘lgan, ularning o‘limi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari esa - to‘’tab qolgan.


Yangiliklar lentasi
0