O‘zbekiston va Tojikiston muntazam avia-qatnovlarni qayta tiklamoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishRabota aviadispetcherov v aeroportu Domodedovo
Rabota aviadispetcherov v aeroportu Domodedovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki davlat poytaxtlari - Toshkent va Dushanbe o‘rtasida reyslar — "O‘zbekiston havo yo‘llari" va "Somon Eyr" aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Tojikiston va O‘zbekiston Dushanbe va Toshkent o‘rtasida muntazam reyslarni amalga oshirishga kelishdi, deb xabar qildi jurnalistlarga Tojikiston fuqarolik aviatsiyasi direktori Ikrom Subxonzoda.
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston avia-parvozlarni qayta tiklamoqda
RIA Novosti bu haqda xabar bermoqda.
"Davlatlarimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning yaxshilanishi munosabati bilan va mamlakat hukumati qaroriga asosan Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika shtabi Dushanbe va Toshkent o‘rtasida muntazam parvozlarni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Endi ikkala tomon ham parvozlarni boshlashga tayyor, va chiptalar tez orada erkin savdoga chiqariladi", - dedi u.
Agentlik rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ikkala davlat poytaxtlari o‘rtasida reyslar "Somon Eyr" va "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Aniqlik kiritilishicha, aviakompaniyalarning har biri haftasiga bittadan reysni amalga oshiradi: chorshanba kunlari — "O‘zbekiston havo yo‘llari", juma kunlari esa — "Somon Eyr".
Subxonzoda shuningdek, Tojikistondan O‘zbekistonga yoki aksincha yo‘l olgan fuqarolar majburiy tartibda barcha ehtiyot choralarini ko‘rishlari kerakligini ta’kidladi. Yo‘lovchilar o‘zlari bilan "COVID-19"ga "PSR SARS-COV-2" uslubida test topshirilgani to‘g‘risidagi, olinganiga 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan amaldagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari shart.
Yangiliklar lentasi
0