Hodisalar

AQShda "ID"ga yordam bergan oʻzbekistonlik 12,5 yilga qamaldi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishRuki v naruchnikax.
Ruki v naruchnikax. - Sputnik Oʻzbekiston
Konnektikutning Nyu-Xeyvenidan boʻlgan Azizjon Raxmatov chet el terroristik tashkilotiga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha til biriktiruvda ishtirok etganligini tan olgan
TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Federal Bruklin sudi oʻzbekistonlikni "Islom davlati" terroristik uyushmasiga koʻmak koʻrsatgani uchun 12,5 yilga qamoq jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda New York Post.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbekiston va Tojikistondan yuzlab terrorchi “Tolibon”* safiga qoʻshildi – afgʻon OAV
Konnektikutning Nyu-Xeyvenidan boʻlgan Azizjon Raxmatov chet el terroristik tashkilotiga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha til biriktiruvda ishtirok etganligini tan olgan.
Sud jarayoni davomida 2015 yilda Raxmatov ID safiga yangi qoʻshilgan Axror Saidaxmetovga u ISHID safiga qoʻshilish uchun Suriyaga yetib olishi va qurol sotib olishi uchun 400 AQSH dollari bergani maʼlum boʻlgan.
Saidaxmetov, oʻz navbatida IDga sodiq ekani, ammo agarda jihod uchun Suriyaga yetib bora olmasa, bor halokatli urinishlarini AQShdagi politsiyachilar va FBR agentlariga qaratishga qasamyod qilgan.
Yovuz niyat bilan u Jon Kennedi nomidagi aeroportdan Istanbulga (Turkiyaga) qarab uchgan. Ammo Suriya bilan chegaradan oʻtmoqchi boʻlganida hukumat tomonidan qoʻlga olingan. 2017 yilda u 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Prokuratura bayonotiga muvofiq, ikkala jinoyatchi ham jazoni oʻtib boʻlganidan soʻng vatanga deportatsiya qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala