"Ogʻir boʻladi": Kudrin Rossiyada koronavirusning uchinchi toʻlqinini bashorat qildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishMoskva v period koronavirusnoy infektsii
Moskva v period koronavirusnoy infektsii - Sputnik Oʻzbekiston
Kudrinning aytishicha, hozirda hukumat oʻtgan yilda amal qilgan inqirozga qarshi choralarni uzaytirish borasida qaror qabul qilgan.
TOSHKENT, 15 yanv - Sputnik. Tez orada koronavirus pandemiyasining uchinchi toʻlqini boshlanadi, va u, ehtimolki, ikkinchisiga qaraganda kuchsiz boʻlmasligi mumkin, deb maʼlum qildi jurnalistlarga RF Hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrin Gaydar forumi davomida norasmiy suhbat vaqtida, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Jiteli Tashkenta po vozmojnosti priobretayut maski dlya profilaktiki virusa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Vaziyatni murakkablashtirmaylik": Otabekov tibbiy niqoblarni taqishda davom etishga chaqirdi
"2021 yilda, koʻrinib turibdiki, unchalik yengil boʻlmaydi. Yevropa davlatlarida bugun guvohi boʻlayotgan holatlar, qoidaga koʻra, sal kechikib bizga ham keladi - gap uchinchi toʻlqin haqida bormoqda. Yaʼni ikkinchi toʻlqin keldi, hozirda uchinchi toʻlqin kelmoqda, va ehtimolki, u ikkinchisiga nisbatan kuchsiz boʻlmaydi, balki kuchliroq boʻlishi ham mumkin. Shu bois, hotirjam boʻlishga imkon qolmaydi, barqaror holat boʻlmaydi", - dedi Kudrin.
Hisob palatasi rahbarining soʻzlariga koʻra, 2021 yil murakkab yil boʻladi. Va hukumat, uning soʻzlariga koʻra, yangi qoʻllab-quvvatlov choralarini qabul qiladi. Kudrinning aytishicha, hozirda hukumat oʻtgan yilda amal qilgan inqirozga qarshi choralarni uzaytirish borasida qaror qabul qilgan.
Uning aytishicha, joriy yilda koʻp narsa pandemiyani jilovlash yoki davom etishi bilan bogʻliq boʻladi, koʻpgina choralarni uzaytirish kerak boʻladi, va bu juda qimmatga tushishi mumkin.
Inqirozga qarshi kurash strategiyasida qoʻshimcha qadamlar kerak boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala