Video

Shimol yogʻdusi kosmosdan qanday koʻrinadi — MKS bortidan video

Rossiyalik astronavt Sergey Kud-Sverchkov taymlaps rejimida juda zoʻr kadrlarni suratga oldi. Ushbu kadrlarda shimol yogʻdusi goʻyoki sayyoramizni qoplab olgan yorqin shuʼlali toʻq sariq-zumrad rangli qoplam sifatida koʻrinishga ega.
"Biz Tinch okeani ustida parvozni boshlaymiz, AQSH va Kanada shaharlari ustidan uchib oʻtamiz, soʻng esa tong otishini shimoliy Atlantika ustida kutib olamiz. Hatto tunda ham okean, bulutlar va tungi shaharlarni aniq koʻrish mumkin, ufqdan esa Somon yoʻli suzib chiqadi", - deb yozgan rossiyalik astronavt oʻzining Instagramdagi akkauntida.
U shuningdek, internet foydalanuvchilariga videoda aynan nima tasvirlanganiga izoh bergan. Jumladan, Sergey Yer sayyorasi ustidagi toʻq sariq rangli qoplam qayoqdan paydo boʻlgani toʻgʻrisida soʻzlab bergan.
Uning aytishicha, ushbu effekt sayyoraning oʻzida yuz beradigan tabiiy jilolanish tufayli yuzaga keladi.
Videoning ilk soniyalarida koʻrishingiz mumkin boʻlgan uchar obʼyektlar esa - bu sputniklardir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala