Video

Hammom va shaxmatlar: rossiyalik tinchlikparvar kuchlari Qorabogʻda qanday yashashmoqda?

Rossiya Mudofaa vazirligi rossiyalik harbiy xizmatchilar Togʻli Qorabogʻda xizmatdan boʻsh vaqtlarida nima bilan shugʻullanishlarini koʻrsatdi
Hozirda Togʻli Qorabogʻda uchta blok-modul tipidagi shaharcha barpo etilgan.
Ularda 400ga yaqin tinlikparvar kuchlar yashashadi. Harbiy xizmatchilar tan olinmagan respublikada xavfsizlik va oʻt ochishni toʻxtatish rejimi ustidan nazoratni taʼminlab kelishmoqda.
Nagornыy Karabax: Rossiyskiye mirotvortsы prodoljayut razminirovaniye Stepanakerta - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rossiya sapyorlari Togʻli Qorabogʻ poytaxtini minalardan qanday tozalamoqda - video
Harbiylar yashayotgan hudud koʻp qulayliklarga ega: bu yerda oʻzni uydagidek his qilish uchun hammasi mujassam: oshxona, sportzal, hammom, dam olish xonasi va tibbiyot punkti mavjud.
Modullarning har biri uzluksiz elektr-energiyasi, suv va issiqlik taʼminotiga ega.
Yashash qismida ham barcha zarur jihozlar va maishiy texnika bor.
Yaqin vaqtlarda Togʻli Qorabogʻ hududida yana shu singari beshta obʼyektni barpo etish rejalashtirilgan, ularning har birida 540 ga yaqin harbiylar joylashadilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala