O‘zbekiston yangi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - tartiblar belgilanmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSamolet prezidenta Uzbekistana vo vremya vzleta
Samolet prezidenta Uzbekistana vo vremya vzleta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ziyorat turizmi industriyasini yanada takomillashtirish maqsadida ziyoratchilarga qator qulayliklar yaratilib, xizmat ko‘rsatish tizimlari uchun alohida tartiblar belgilandi.
TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmi industriyasini yanada takomillashtirish maqsadida ziyoratchilarga qator qulayliklar yaratilib, xizmat ko‘rsatish tizimlari uchun alohida tartiblar belgilandi.
Rabota aviadispetcherov v aeroportu Domodedovo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston muntazam avia-qatnovlarni qayta tiklamoqda
"Uzbekistan Airports" AJ va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida ishlab chiqilgan dastur asosida ziyoratchilarni tashish bo‘yicha mamlakat xalqaro aeroportlarida xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga yerda ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari uchun e’lon qilingan tariflarga 50%gacha chegirmalar joriy qilinadi.
Shuningdek, parvozlar ko‘lamini kengaytirish va O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega imtiyozlar berilishi ham ko‘zda tutildi. Unga ko‘ra, xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga yerda ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari bo‘yicha e’lon qilingan tariflarga 30%gacha tabaqalashtirilgan chegirma quyidagi hollarda taqdim etilishini ma’lum qilamiz:
– O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlariga yangi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yish va ularni rivojlantirish taklifi bilan ilk bor murojaat qilgan xorijiy aviakompaniyalar uchun;
- O‘zbekiston Respublikasining hududiy aeroportlariga (aeroportlaridan) parvozlarni amalga oshirayotgan xorijiy aviakompaniyalarning yangi yo‘nalishlari uchun;
- mavjud parvozlar sonidan tashqari shu yo‘nalish bo‘yicha qo‘shimcha qatnovlar uchun.
Yangiliklar lentasi
0